“UzAirways” Termizdan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda

© SputnikSamolet Uzbekskix avialiniy Boeing 767 (300ER)
Samolet Uzbekskix avialiniy Boeing 767 (300ER)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
5 maydan boshlab aviakompaniya Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 5-maydan boshlab Termiz shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi. Reyslar jadvali quyidagicha:
Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan)
Sankt-Peterburgga yetib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan)
Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan)
Termizga yetib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)
Avvalroq Namangandan Krasnoyarskka arzon chiptali parvozlarni amalga oshirish boshlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0