Ronaldu muxlisning telefonini sindirgani uchun uzr so‘radi

© AP PhotoKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
Mag‘lubiyatdan ranjigan holda ketayotgan Ronaldu muxlis uzatgan telefoni qo‘li bilan urib yuborgan edi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu muxlisning telefonini sindirgani uchun uzr so‘radi.
Angliya chempionatining 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Everton"ga 0:1 hisobda imkoniyatni boy berdi. O‘yindan so‘ng ranjigan holda tribuna osti yo‘lagida ketayotgan Ronaldu muxlis uzatgan telefoni qo‘li bilan urib yuborgan edi.
“Qiyin vaziyatlarga duch kelganimizda hissiyotlarni jilovlab turish qiyin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, doim hurmatni saqlashga, sabrli va jozibali o‘yin — futbolni sevuvchi yoshlarga o‘rnak bo‘lishga majburmiz. Men serjahlligim uchun uzr so‘ramoqchiman, agar iloji bo‘lsa, o‘sha muxlisni halollik va sport tamoyillari belgisi sifatida "Old Trafford"dagi o‘yinlardan biriga taklif qilishni istardim”, — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
"Yunayted" mazkur voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0