O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun daromad solig‘i stavkasi pasaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan chet el fuqarolari uchun daromad solig‘i stavkasi 12 foizgacha pasaytiriladi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun daromad solig‘i stavkasi pasaytiriladi. Bu prezident imzolagan tegishli farmonda belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan norezident shaxsning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 12 foiz miqdorida belgilanadi (ilgari 20 foizgacha).
2022 yil 1-iyuldan bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.
Avvalroq 1-maydan chet el fuqarolariga yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0