O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

© Foto: O‘zbekiston Kinematografiya agentligiLutfulla Sa’dullayev
Lutfulla Sa’dullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
"Bahor qaytmaydi” filmida Alimardon To‘rayev rolini maromiga yetkazib o‘ynagan Lutfulla Sa’dullayev olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10-aprel kuni 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Bu xabarni O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ham tasdiqladi.
Aktor bir necha kun avval shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda joylashtirilgan, keyinroq esa komaga tushib qolgan edi.
Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007-yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. So‘nggi yillarda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelayotgan edi. Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniaturalar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.
Ijodi davomida “Bahor qaytmaydi”, “Shaytanat”, “Babahoginam”, “Sunami”, “Fotima va Zuhra”, “Jazo”, “Osmondagi bolalar”, “Achchiq hayot” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan.
“El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0