O‘zbekiston boks terma jamoasi “Golden Belt” xalqaro musobaqasida tengsiz bo‘ldi

© Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasiO‘zbekiston boks terma jamoasi
O‘zbekiston boks terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
Jahonning 13 mamlakatidan sportchilar ishtirok etgan bu musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar jami 13 ta, jumladan, 6 ta oltin medalga ega chiqishdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Ruminiyaning Tirgu-Muresh shahrida 5-9 aprel kunlari boks bo‘yicha “Golden Belt” seriyasiga kiruvchi "Nikolae Linka" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Jahonning 13 mamlakatidan sportchilar ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Uchta vazn toifasida finalda o‘zbekistonlik bokschilar o‘zaro ringga ko‘tarilishdi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbek bokschilari:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O‘ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjayev
Yangiliklar lentasi
0