Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 75 foizdan oshdi

© Sputnik / Gustavo Valyente / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini 19,9 milliondan ziyod kishi olgan.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanishi kerak bo‘lgan kishilarning 75,3 foizi to‘liq emlanib bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Emlanish jarayoni boshgandan buyon mamlakatda jami 49 403 977 doza vaksinadan foydalanilgan.
Birinchi bosqichda 19,9milliondan ziyod kishi (93,1 foiz) emlangan. 16,05 million kishi ikkinchi bosqichda emlangan, 13,3 million ortiq kishi (75,3) uchinchi va buster doza bilan emlanib bo‘lgan.
2021 yil 1-aprelidan O‘zbekistonda aholini kovidga qarshi ommaviy emlash boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlandi. Keyin 18 yoshdan oshganlarning emlanishi shart etib belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining 23-fevraldagi qarori bilan ish beruvchilarga 90 foiz xodimlarini kovidga qarshi emlash majburiyati yuklandi. Emlanmagan, jumladan, buster doza bilan emlangan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0