Global Times: G‘arb sanksiyalar bilan Rossiya iqtisodiyotini sindira olmadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishLyuksovie modnie doma priostanovili prodaji v Rossii
Lyuksovie modnie doma priostanovili prodaji v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna bo‘lish
AQSh va ittifoqchilarining umidlariga qaramasdan, Rossiyada giperinflyatsiya ro‘y bermadi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. G‘arbning ko‘plab sanksiyalari kiritilgan keyin rubl kursi qayta tiklangani Rossiyani global iqtisodiy tizimdan to‘liq yakkalashning iloji yo‘qligini isbotladi, deb hisoblaydi “Global Times” gazetasining kolumnisti Bredli Blankenship.

“AQSh va ittifoqchilarining umidlariga qaramasdan, Rossiyada giperinflyatsiya ro‘y bermadi, zeb-ziynat buyumlari va G‘arb fastfudi iqtisodiyotning bir maromda faoliyat yuritishi uchun unchalik ham kerak emas ekan”, - deyiladi maqolada.

Sanksiyalar tashabbuskorlarining yangi cheklovlar Rossiya iqtisodiyotiga kuchli zarba berishiga, oddiy fuqarolar orasida norozilik keltirib chiqarishiga va ularni hukumatdan tashqi siyosatni o‘zgartirishni talab qilishlariga undashiga ishonchlari komil bo‘lgan. Muallifning yozishicha, ammo bu ro‘y bermagan.
Avvalroq Xalqaro iqtisodchi Mamdu Salame Rossiya iqtisodiyoti G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan har qanday sanksiyalarga dosh berishga qodirligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid:

Ekspert Rossiyada dollar kursi nega pastligini tushuntirdi
Moskva mashhur brendlar bilan qanday xayrlashmoqda
Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi
Yangiliklar lentasi
0