YouTube o‘ziga hukm imzoladi - Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna bo‘lish
Duma telekanali Rossiyada ishlayotgan boshqa platformalarda ham bor: RuTube, VKontakte va Telegramda.
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. "YouTube o‘ziga o‘zi hukm imzolagan ko‘rinadi", dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Mariya Zaxarova.
Shundan so‘ng TIV vakili rossiyalik foydalanuvchilarga o‘zlarining YouTubedagi kontentlarini boshqa platformalarga o‘tkazishni maslahat berdi va "tezroq" deb qo‘shimcha qildi.
Biroz oldin Google Rossiya Davlat Dumasiga tegishli bo‘lgan “Duma TV”ning YouTube kanalini bloklagan edi. Videoxosting xizmati o‘zining ushbu qadamini hech qanday izohlamgan.
"Roskomnadzor" Google LLC kompaniyasidan darhol "Duma TV"ga blokirovkadan chiqarishni talab qildi. Shu bilan birga bloklash sababini ham e’lon qilishni talab qilgan.
Senator Andrey Klishas parlament kanalining bloklanishini “so‘z erkinligining g‘arbiy versiyasi” deb atadi. U YouTube bunday qarorga kelganidan afsusda ekanligini bildirdi va bu xosting uchun Rossiyada qonun doirasidan chiqish yo‘lidagi “ishonchli qadam” ekanini ta’kidladi.
“Duma TV” YouTube kanali deputatlar sharhlari, mualliflik dasturlari va yalpi majlislarni efirga uzatdi. Hammasi bo‘lib, blokirovka qilingan paytda YouTube kanali 145 000 obunachiga ega edi .
Duma telekanali Rossiyada ishlayotgan boshqa platformalarda ham bor: RuTube, VKontakte va Telegramda.
Eslatib o‘tamiz, YouTube fevral oyi oxiridan buyon Yevropa va boshqa davlatlarda Russia Today, Sputnikning va boshqa qator Rossiya ommaviy axborot vositalari kanallarini bloklab kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0