O‘zbekistonda Qirg‘izistonning yangi elchisi tayinladi

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kirgizstana
Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonda yangi elchi tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonda Qirg‘izistonning Favqulodda va muxtor elchisi etib Musa Jamanboyevni tayinladi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar qilmoqda.
Musa Jamanboyev 43 yoshda, 2000-yilda Bishkek gumanitar universitetining sharqshunoslik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlab, Tashqi ishlar vazirligi tizimi, parlament, hukumat va Prezident apparatlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2021-yil may oyidan buyon davlat rahbarining protokol xizmatini boshqarib kelayotgan edi.
Musa Jamanboyev 2018-2022 yillarda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini boshqargan Ibrohim Junusov o‘rnini egallaydi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0