https://oz.sputniknews.uz/20220409/etim-bolalarni-imkon-qadar-munosib-oilalarga-berish-kerak---prezident--23868211.html
Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga berish kerak - prezident
Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga berish kerak - prezident
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘ndan ortiq bolalar uylari va mehribonlik uylari ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan. 09.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-09T10:42+0500
2022-04-09T10:42+0500
2022-04-09T10:42+0500
jamiyat
prezident
nogiron
bolalar
oilaviy bolalar uyi
qarovsiz bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/09/23868181_0:5:1281:725_1920x0_80_0_0_5ff9c251f8f7a59bd126ad61b7ad8dde.jpg
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga farzandlikka berish choralarni ko‘rish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev 8-aprel kuni Toshkent shahridagi 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida. Yig‘ilishda qayd etilishicha, ota-ona qaramog‘idan mahrum ko‘plab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan.Shuningdek, majlisda prezident barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor chuqur o‘rganib, zarur qurilish va ta’mirlash ishlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlashni vazifa qilib qo‘ydi.Xususan, 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uyida qo‘shimcha bino, 7 tasida yotoqxona, oshxona, tibbiyot bo‘limi, sport zali qurish, 21 tasida binolar va isitish-sovutish tizimini ta’mirlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, 6 ta “Mehribonlik uyi”, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan 11 ta maktab-internat ta’mirga muhtoj ekanligi aytib o‘tildi.Shu bilan birga, “Zamin” jamg‘armasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlangani va 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlangani hamda nogironligi bo‘lgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar shaxs pultli aravachalar bilan ta’minlangi qayd etildi.Yig‘ilishda viloyat hokimlari so‘zga chiqib, o‘z hududlaridagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvoli haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/09/23868181_65:0:1202:853_1920x0_80_0_0_b75f196a54a5c799f548686111c8240b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, nogiron, bolalar, oilaviy bolalar uyi , qarovsiz bolalar
jamiyat, prezident, nogiron, bolalar, oilaviy bolalar uyi , qarovsiz bolalar
Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga berish kerak - prezident
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘ndan ortiq bolalar uylari va mehribonlik uylari ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan.
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga farzandlikka berish choralarni ko‘rish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev 8-aprel kuni Toshkent shahridagi 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.
– Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofini ko‘rsatib turibdi. Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, qanday yaxshi bo‘lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berish choralarini ko‘rish lozim, – dedi prezident.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, ota-ona qaramog‘idan mahrum ko‘plab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan.
Shuningdek, majlisda prezident barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor chuqur o‘rganib, zarur qurilish va ta’mirlash ishlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlashni vazifa qilib qo‘ydi.
Xususan, 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uyida qo‘shimcha bino, 7 tasida yotoqxona, oshxona, tibbiyot bo‘limi, sport zali qurish, 21 tasida binolar va isitish-sovutish tizimini ta’mirlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, 6 ta “Mehribonlik uyi”, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan 11 ta maktab-internat ta’mirga muhtoj ekanligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, “Zamin” jamg‘armasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlangani va 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlangani hamda nogironligi bo‘lgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar shaxs pultli aravachalar bilan ta’minlangi qayd etildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimlari so‘zga chiqib, o‘z hududlaridagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvoli haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.