“Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblariga “Spark” avtomashinasi topshirildi

© Agentstvo po delam molodejiPobeditelyam konkursa vidali "Spark"
Pobeditelyam konkursa vidali Spark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2022
Obuna bo‘lish
Tanlovining respublika bosqichida 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2,3 o‘rin g‘oliblariga pul mukofotlari (50 mln so‘m, 30 mln so‘m, qolgan barcha ishtirokchilarga esa 10 mln so‘m) berilmoqda.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 10-14 va 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Yoshlar ishlari agentligi Matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, 1-o‘rin g‘oliblariga Prezident sovg‘asi “Spark” avtomashinasi topshirildi.
“Xozirda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi (3-10 aprel) bo‘lib o‘tmoqda. Unda tanlovining 10-14 va 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra, Buxoro viloyatidan Nasimova Muxlisa Narzullo qizi 437 ball (10-14 yosh), Sirdaryo viloyatidan Xayitboyev Yorqinjon O‘rmonali o‘g‘li 366,1 ball (15-19 yosh) to‘plab 1-o‘rin soxibiga aylandilar”, deyiladi xabarda.
1-o‘rin g‘oliblariga “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 50 mln so‘m, 3-o‘ringa 30 mln so‘m, qolgan barcha ishtirokchilarga esa 10 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari berildi.
© Agentstvo po delam molodejiPobeditelyam konkursa vidali "Spark"
Pobeditelyam konkursa vidali Spark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2022
Pobeditelyam konkursa vidali "Spark"
Aytilishicha, tanlov 3 yosh toifasi (10-14, 15-19, 20-30)dagi yoshlar orasida o‘tkazilmoqda. Tanlovining bu yilgi hududiy bosqichlari yanvar-fevral oylarida bo‘lib o‘tgan va unda 3 yosh toifasi bo‘yicha 1242 nafar saralash bosqichi g‘oliblari ishtirok etgan. Tanlab olingan 42 nafar hududiy bosqich g‘oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Xozircha tanlovining 10-14 va 15-19 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Ma’lumot uchun, tanlovga 2017-2021 yillar oralig‘ida 3 mlndan ortiq yoshlar jalb etilgan. 2021-yilda o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 1- o‘rin uchun spark avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 mln so‘m, 3-o‘ringa esa 15 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari berilgan. Qolgan barcha ishtirokchilarga kitoblar jamlanmasi topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0