https://oz.sputniknews.uz/20220408/ukraina-kramatorsk-shahriga-tochka-u-raketasi-bilan-hujum-qildi-23864495.html
Ukraina Kramatorsk shahriga "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi
Ukraina Kramatorsk shahriga "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina harbiylari Kramatorsk shahriga raketalar yordamida zarba berib, bunda Rossiya Qurolli kuchlarini aybladi. 08.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-08T18:52+0500
2022-04-08T18:52+0500
2022-04-08T18:52+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1b/23006669_0:120:2793:1691_1920x0_80_0_0_d80ad71083a59be324921a8606e06b64.jpg
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kramatorsk shahriga ikkita "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi. Zarbalar tinch aholi obyektlariga berildi, qurbonlar soni 30dan ortiq, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Bastrikin OAVga ma’lum qilishiga ko‘ra, bu Ukraina harbiylari tomonidan uyushtirilgan provokatsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba ikkita "Tochka-u" raketasi yordamida berilgan. Zarbadan so‘ng eka Ukraina Qurolli kuchlari ushbu fojeada Rossiya harbiylarini aybdor deb e’lon qilishdi. Eslatib o‘tamiz, "Tochka-U" eskirgan qurol hisoblanadi. Ustiga-ustak, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, kassetali portlovchi modda o‘rnatish mumkin bo‘lgan qurollar xalqaro konvensiyalar bilan ham ta’qiqlangan. Rossiya DXR va LXR Qurolli kuchlarida bunday raketalar yo‘q. Lekin Ukraina armiyasida SSSR parchalanib ketgan vaqtida 800ga yaqin ana shunday raketalar qolgan. Ulardan qanchasi yaroqli va qanchasi yaroqsiz ekani noma’lum. Shuningdek, ukrain harbiylari ushbu raketalarni modernizatsiya qilgani haqida oldin ham xabar bergan edik. Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Donesk shahriga "Tochka-U" raketasi yordamida zarba bergan edi. O‘shanda 20 nafar tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1b/23006669_191:0:2603:1809_1920x0_80_0_0_5b93041d480c55e297b92204b226b2f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina
Ukraina Kramatorsk shahriga "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi
Ukraina harbiylari Kramatorsk shahriga raketalar yordamida zarba berib, bunda Rossiya Qurolli kuchlarini aybladi.
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kramatorsk shahriga ikkita "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi. Zarbalar tinch aholi obyektlariga berildi, qurbonlar soni 30dan ortiq, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Bastrikin OAVga ma’lum qilishiga ko‘ra, bu Ukraina harbiylari tomonidan uyushtirilgan provokatsiya.
"Ular daslab Kramatorsk, Konstantinovka va Slavansk shaharlarida aholi evakuatsiyasini e’lon qilishgan. Odamlar shaharni tark etish uchun temiryo‘l bekatlari va vokzalga to‘planganida raketalar uchib kelgan. 30ga yaqin odam qurbon bo‘lgan", - dedi Bastrikin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba ikkita "Tochka-u" raketasi yordamida berilgan. Zarbadan so‘ng eka Ukraina Qurolli kuchlari ushbu fojeada Rossiya harbiylarini aybdor deb e’lon qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Tochka-U" eskirgan qurol hisoblanadi. Ustiga-ustak, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, kassetali portlovchi modda o‘rnatish mumkin bo‘lgan qurollar xalqaro konvensiyalar bilan ham ta’qiqlangan. Rossiya DXR va LXR Qurolli kuchlarida bunday raketalar yo‘q. Lekin Ukraina armiyasida SSSR parchalanib ketgan vaqtida 800ga yaqin ana shunday raketalar qolgan. Ulardan qanchasi yaroqli va qanchasi yaroqsiz ekani noma’lum. Shuningdek, ukrain harbiylari ushbu raketalarni modernizatsiya qilgani haqida oldin ham xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Donesk shahriga "Tochka-U" raketasi yordamida zarba bergan edi. O‘shanda 20 nafar tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan edi.