https://oz.sputniknews.uz/20220408/toshkentda-yangi-korinishdagi-bekatlar-ornatilmoqda---foto-23856034.html
Toshkentda yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda - foto
Toshkentda yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda - foto
Sputnik O‘zbekiston
Bekatlarda Wi-Fi va elektron tablo bo‘ladi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar uchun to‘siqsiz harakatlanish hamda mobil qurilmalarni quvvatlash imkoniyati... 08.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-08T14:19+0500
2022-04-08T14:19+0500
2022-04-08T14:19+0500
jamiyat
toshkent
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23856169_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_d1c18c8ab1404526dd2181dadafbc556.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 2022-yilning birinchi choragida namunaviy loyihalar asosida Toshkentning 14 ta avtobus bekati rekonstruksiya qilindi. Bu haqida Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar bermoqda. Poytaxtda shahar aholisi va mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida namunaviy loyiha asosida avtobus oraliq bekatlari rekonstruksiya qilinmoqda.Mazkur bekatlar hududida aholining imkoniyati cheklangan guruhlarining to‘siqsiz harakatlanish muhiti, avtomobil yo‘li qatnovi qismi bilan chegarasida "taktil" plitalar o‘rnatish yo‘li bilan ularning xavfsizligi ta’minlanadi.Bunday bekatlarda faqatgina reklama mahsulotlari, bankomatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlari joylashtiriladi.Mazkur ishlar prezidentning PQ-111-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, namunaviy loyiha asosida 1160 ta avtobus bekati rekonstruksiya qilinadi. Shu bilan birga, jamoat transportining yangi tarmog‘i asosida 159 ta avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 1 063 ta avtobus, jumladan 673 ta elektrobus xarid qilish yo‘li bilan jamoat transporti harakat tarkibi yangilanadi. Ma’lumot uchun, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tasarrufida 1-yanvar holatiga jami 1 168 ta shahar yo‘lovchi avtobusi mavjud bo‘lib, 30 foizi 10-yildan ortiq tasarruf etilmoqda. Avtobuslarning o‘rtacha tasarruf etish muddati 7,4 yilni tashkil etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23856169_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_d251fdf26889ae1d316292f835998974.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, avtobus
jamiyat, toshkent, avtobus
Toshkentda yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda - foto
Bekatlarda Wi-Fi va elektron tablo bo‘ladi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar uchun to‘siqsiz harakatlanish hamda mobil qurilmalarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 2022-yilning birinchi choragida namunaviy loyihalar asosida Toshkentning 14 ta avtobus bekati rekonstruksiya qilindi. Bu haqida Toshkent shahar transport boshqarmasi
xabar bermoqda.
Poytaxtda shahar aholisi va mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida namunaviy loyiha asosida avtobus oraliq bekatlari rekonstruksiya qilinmoqda.
Mazkur bekatlar hududida aholining imkoniyati cheklangan guruhlarining to‘siqsiz harakatlanish muhiti, avtomobil yo‘li qatnovi qismi bilan chegarasida "taktil" plitalar o‘rnatish yo‘li bilan ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
Zamonaviy dizayndagi va qulay bo‘lgan o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Aholining internet tarmog‘idan (Wi-Fi) foydalanish, bekatlarda elektron tablo o‘rnatish orqali avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini kuzatib borish, mobil qurilmalarni quvvatlash uchun manbalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Bunday bekatlarda faqatgina reklama mahsulotlari, bankomatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlari joylashtiriladi.
Mazkur ishlar prezidentning PQ-111-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, namunaviy loyiha asosida 1160 ta avtobus bekati rekonstruksiya qilinadi. Shu bilan birga, jamoat transportining yangi tarmog‘i asosida 159 ta avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 1 063 ta avtobus, jumladan 673 ta elektrobus xarid qilish yo‘li bilan jamoat transporti harakat tarkibi
yangilanadi. Ma’lumot uchun, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tasarrufida 1-yanvar holatiga jami 1 168 ta shahar yo‘lovchi avtobusi mavjud bo‘lib, 30 foizi 10-yildan ortiq tasarruf etilmoqda. Avtobuslarning o‘rtacha tasarruf etish muddati 7,4 yilni tashkil
etmoqda.