https://oz.sputniknews.uz/20220408/ozbekistonda-asfalt-orniga-tsement-beton-yollar-quriladi-23850299.html
O‘zbekistonda asfalt o‘rniga sement-beton yo‘llar quriladi
O‘zbekistonda asfalt o‘rniga sement-beton yo‘llar quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi. 08.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-08T10:41+0500
2022-04-08T10:41+0500
2022-04-08T10:41+0500
jamiyat
yo‘llar
sement
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0a/18260922_0:366:2849:1969_1920x0_80_0_0_b39861f4c6a9bb10d1644ad9c4e43a30.jpg
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekistonda kelayotgan yillardan asfalt o‘rniga sement beton yo‘llar qurishga o‘tiladi. Bu haqida prezident huzurida 7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum bo‘ldi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 25% ichki yo‘llar bilan bog‘liq muammolar haqida. Ushbu munosabat bilan ichki yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan.Eng asosiysi, ushbu klaster o‘zi qurgan yangi sement-beton qoplamali yo‘llarni 10-yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanadi.Undan tashqari 1-maydan boshlab yil yakuniga qadar, sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham sement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0a/18260922_8:0:2739:2048_1920x0_80_0_0_ea0798532f5fb8b3908bc22d910df09b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yo‘llar, sement
O‘zbekistonda asfalt o‘rniga sement-beton yo‘llar quriladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi.
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekistonda kelayotgan yillardan asfalt o‘rniga sement beton yo‘llar qurishga o‘tiladi. Bu haqida prezident huzurida 7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum bo‘ldi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 25% ichki yo‘llar bilan bog‘liq muammolar haqida. Ushbu munosabat bilan ichki yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan.
Xususan, sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, 31 ta chekka mahalladagi 23 kilometr yo‘l sement-beton qoplamaga o‘tkazilgan. Bunda asfalt qoplamalarga nisbatan 600 million so‘m iqtisod qilingan, 350 ming dollarlik bitum importi uchun mablag‘ tejalgan.
Eng asosiysi, ushbu klaster o‘zi qurgan yangi sement-beton qoplamali yo‘llarni 10-yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.
Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanadi.
Undan tashqari 1-maydan boshlab yil yakuniga qadar, sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham sement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.