https://oz.sputniknews.uz/20220408/ekopatrul-nukusda-qoshma-reyd-tashkil-qildi-23851147.html
"Ekopatrul" Nukusda qo‘shma reyd tashkil qildi
"Ekopatrul" Nukusda qo‘shma reyd tashkil qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilmoqda 08.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-08T11:42+0500
2022-04-08T11:42+0500
2022-04-08T11:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23851389_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_63cf1a45293f160f25bab6f681dd6def.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Nukus shahrida o‘tkazilgan reydlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jami 2 430 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Qo‘shma reydlar davom etmoqda. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda. Ekopatrul tomonidan Nukus shahar dehqon bozori va "Korzinka" savdo majmuasi atrofida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd Nukus shahar ekologiya bo‘limi inspektorlari, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tashkil qilindi.Xabarda aytilishicha, reyd davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzildi.Inspektorlar tomonidan ayrim shaxslarga qat’iy ogohlantirishlar ham berilgan. Aytilishicha qo‘shma reydlarni o‘tkazish davom etmoqda.Ma’lumot o‘rnida, ekologik nazoratning asosiy vazifalariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish kiradi.Inspektorlar atrof muhit holatini kuzatib boradi. Muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23851389_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5ba8947a495aa9e400991a5ebf75dc99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, jarima
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, jarima
"Ekopatrul" Nukusda qo‘shma reyd tashkil qildi
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilmoqda
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Nukus shahrida o‘tkazilgan reydlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jami 2 430 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Qo‘shma reydlar davom etmoqda. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi
xabar bermoqda.
Ekopatrul tomonidan Nukus shahar dehqon bozori va "Korzinka" savdo majmuasi atrofida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd Nukus shahar ekologiya bo‘limi inspektorlari, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tashkil qilindi.
Xabarda aytilishicha, reyd davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzildi.
“Shulardan 8 tasi chiqindilarni belgilanmagan yerga joylashtirgan, 1 tasi esa atmosfera havosiga zarar yetkazgan. Ularga nisbatan O‘zR MJtK to‘g‘risidagi kodeksining 91-modda 1-qismi va 88-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jami 2 430 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi”.
Inspektorlar tomonidan ayrim shaxslarga qat’iy ogohlantirishlar ham berilgan. Aytilishicha qo‘shma reydlarni o‘tkazish davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ekologik nazoratning asosiy
vazifalariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish kiradi.
Inspektorlar atrof muhit holatini kuzatib boradi. Muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlaydi.