Samarqanddagi mashina-traktor parkida yong‘in yuz berdi – video

© Press-slujba FSB po Samarkandskoy oblastiPojar v MTP Akdarinskogo rayona
Pojar v MTP Akdarinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida mashina-traktor parkining tokarlik sexining 150 kvadrat metr maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida joylashgan mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-aprel kuni soat 05:56 da tumandagi "Navro‘z" MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan "Agro Servis" mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:00 da yetib borgan va yong‘in soat 06:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida mashina-traktor parkining tokarlik sexining 150 kvadrat metr maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0