O‘zMU “Matematika” fani bo‘yicha xalqaro reytingdan o‘rin oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalniy universitet Respubliki Uzbekistan
Natsionalniy universitet Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Milliy universitet O‘zbekiston OTMlari ichida birinchi bo‘lib, “QS by Subject Rankings” xalqaro reytingidan joy egalladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) “QS by Subject Rankings” da “Matematika” sohasida erishgan natijalariga ko‘ra dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatoridan 451-500 o‘rinni egalladi. Bu haqida Ta’lim inspeksiyasi xabar bermoqda.
Mazkur fan sohasida O‘zMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obro‘si yuqori baholangan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiyada kvotalar soni uch baravarga ko‘paytiriladi
O‘zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Ular qatorida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti ham bor.
Avvalroq O‘zbekistonda Rossiyaning yana yettita universiteti filiallari ochilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0