Yevropa "General Ayoz" kelishi bilan halok bo‘lishga tayyor

© Sputnik / Aleksey VitviskiyLogotip Yevrosoyuza na zdanii shtab-kvartiri Yevropeyskogo parlamenta v Brussele
Logotip Yevrosoyuza na zdanii shtab-kvartiri Yevropeyskogo parlamenta v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
AQSh g‘oyalariga sodiqlik Yevropaga qimmatga tushmoqda. An’anaviy hamkorlikdan bir tomonlama voz kechib, ko‘mirni Avstraliya va gazni okean ortidan sotib olish bu - sog‘lom aqlga zid ishlar.
Bu yilgi aprel ob-havo anomaliyalarining barcha rekordlarini o‘rnatishi mumkin: hatto yumshoq iqlimli Fransiyada ham so‘nggi 70-yil ichida misli ko‘rilmagan sovuq havo qayd etilgan. Bir kechada havo harorati Selsiy bo‘yicha o‘rtacha minus to‘qqizga tushgan.
Albatta, sabzavot va meva yetishtiruvchi fermerlar bundan zarar ko‘rgan. “Zarar” deganda, hosil kutilganidan yomonroq va rejadan past bo‘lishini, ya’ni shundoq ham qimmat bo‘lgan olma va olxo‘rining yanada qimmatlashishi nazarda tutiladi.
Agar bugun ob-havo ikkinchi darajali, Yevropa Ittifoqi hukumati geosiyosiy qarorlar qabul qilayotgan fursatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z injiqliklarini ko‘rsatmaganda iqlimiy kontinental nyuanslar oddiy yevropaliklarning suhbat mavzusi bo‘lib qolar edi.
“Erkinlik va demokratiya”ga erishish uchun Birlashgan Yevropa aholisi go‘shtni kamroq iste’mol qilishi kerakligini biladi. Ya’ni kamroq yeyish kerakligini ham. Shuningdek, birlashgan Yevropa aholisi suvni tejashi ham kerak (Yevropa komissarining ajoyib taklifi, emishki “bu Putinga qarshi chora bo‘ladi”) va tez yuvinib olish kerak, umuman yuvinishning imkoni bo‘lsa, albatta.
Uyda qalin sviterga o‘ranib yurish haqida (Germaniya soha vazirining ajoyib taklifi) Rossiyada allaqachon bilib bo‘lishdi, va ehtimol issiqqina uyda o‘tirib miyig‘ida kulishdi ham.
Soha mutaxassislar ham ortda qolishayotgani yo‘q. Fransiyada elektr uzatish liniyalari kompaniyasi rahbariyati kir yuvish, quritish va dazmollash ishlarini yakshanba kuni qilish yaxshi ekanligini aytibdi, chunki dushanba kuni erta tongda elektr energiyasi “sizlar ko‘psizlar, men esa bittaman” deb shunchaki o‘chib qolishi mumkin ekan.
Elektr bilan bog‘liq muammolarning sababi atom elektr stansiyalaridagi mavjud 56 reaktorning yarmiga texnik xizmat ko‘rsatilayotganida.
Va bunday ogohlantirishlar oxirgisi emas, chunki yozda hamma salqinlikni yaxshi ko‘radi (qishda esa sovuqni sevishning iloji yo‘q: qanaqa odamlar-a,) va konditsionerlar-ventilyatorlarni iloji boricha ko‘proq ishlatadi.
Bunday paytda o‘rtahol yevropalik meva-sabzavotlarsiz, kamgina go‘sht, ikkita sviterda va “taraqqiyot va demokratiyaga” zarar bermaslik uchun unga qanchalik kamroq dushga kirishga ruxsat berilganligi haqida azob chekayotganda, yo Smolensk traktida aylanib yurgan Berezina yaqinidagi fransuzga yoki Stalingrad yaqinidagi nemisga o‘xshaydi. Fursatga mos kayfiyat bilan.
Ammo hazil va kinoyani bir chetga surib qo‘ysak, hozir kulish fursati emas, chunki birlashgan Yevropa qanday qilib Rossiyani jazolab alamini keltirishni bilib olishi va shu bilan birga hurmatli burjua tartibini va mag‘rur ko‘tarilgan yelkalarini saqlab turishi kerak.
Belgiya poytaxtida mag‘rur yelkalar va kam energiya iste’molini saqlab qolish bilan birga (“Yo‘qolsin avtomobil!” shioridan foydalangan holda, Brusselga ko‘ra, Rossiya hukumatini mustahkamlaydi), a’zo mamlakatlarning siyosiy birligini saqlab qolishga ham ishoralar qilishayotir.
Hozircha bu muhim emas. Rostini aytganda, unchalik ish bermayapti.
Garchi rasmiy Varshava, xuddi so‘nggi yuz yil ichida bo‘lgani kabi, Rossiya energiya tashuvchilarni rad etib, “Rusofobiya marshda” banneri bilan poyezddan oldinda yurishni davom ettirsa ham, hamma ham oyoq-qo‘llari, quloqlarini muzlatib qanday bo‘lmasin Kremlga muammo tug‘dirish uchun issiqlik va yaxshi sharoit bilan xayrlashishga qattiq harakat qilayotgani yo‘q.
Germaniyada siyosatchilar gaz eksportidan voz kechishga tayyor ekanliklarini aytishsa-da, keyin jimgina “ehtimol bugun emas, balki yaqin kelajakda” deya aniqlik kiritib qo‘yishmoqda.
Rossiya energetika resurslariga qo‘shnisidek juda muhtoj bo‘lmagan Fransiyada (faqat YeIga asos solgan davlatlarni oladigan bo‘lsak) na vasiyligidagi polyaklarni va na nemis hamkasblarini xafa qilmaslikka harakat qilishmoqda.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ham o‘z gaplari bor. Ba’zilari Rossiya yetkazib berishidan bosh tortishni xohlashlarini aytishadi, qolganlari esa o‘zlarini xuddi “Yevropa qarorlari bilan birdam ruhda” ko‘rsatishadi, lekin ehtiyotkorlik bilan aniq tushuntirib turishadiki, gazsiz ular tamom bo‘ladi.
Milliarder Blumbergning Blumberg nashri ushbu suyuq konsensusga kelishmovchilik keltirib, bir muxbirlik materialining sarhavhasida keltirishicha, neft va gaz narxining oshishi tufayli Moskva joriy yilda uglevodorodlarni Rossiyani xushlamaydigan mamlakatlarga yetkazib berishdan 321 milliard dollardan ko‘proq daromad olishi mumkin.
Milliarder Blumberg yo yirik biznesmen sifatida “Gazprom” konsernining imkoniyatlariga hasad qilyapti yoki o‘z sanksiyalar strategiyasiga unchalik ishonmagan yevropaliklarni baribir iliqlik va qulaylikdan voz kechishga majbur ekanliklariga ishontirmoqchi.
Biroq taxminlar va talqinlarni bir chetga surib qo‘yamiz.
Bugungi kunda birlashgan yevropaliklarning Rossiya uglevodorodlari, polimerlari, shuningdek donidan voz kechib, o‘z uylarida muzlab qolmaslikka imkon beradigan nimasi bor o‘zi?
Ha, umuman, tanlov, yumshoq qilib aytganda, ko‘p emas.
Bizga tushuntirishlaricha, bozorda o‘zgaruvchan bo‘lsa ham qo‘shimcha energiya resurslari juda kam, Ularni qanday yetkazib berish ham alohida muammo.
Albatta, Yevropa Ittifoqi qudratli va bu tezisga ishonmaslik qiyin, biroq hatto umumevropa hukumatlari ham ko‘k yoqilg‘ini tankerlarning zaxira maydonlariga bitta oson harakat bilan itarib yubora olmaydilar va agar qudratli Yevropa Ittifoqiga kuchli (mo‘ysafid) Jo Bayden yordam bersa ham baribir, Amerika demokratiyasi qo‘riqchisi vazifasini bajaruvchisining qo‘llab-quvvatlashi yetarlicha yordam bermaydi va umuman muammoni hal qilmaydi.
Global umumevropa qarorlarini qabul qilishning asosiy vositasi bo‘lgan konsensusga qaytsak, shuni eslatib o‘tish joizki, masalan, rasmiy Budapesht, ochiqchasiga Brusselga qarshi chiqdi. Vengriyadagi saylov natijalaridan bilishimizcha, u buni davom ettirishi mumkin.
Orban yana saylovchilarning ishonch mandatini oldi va endi u ularni himoya qiladi. Shu jumladan, ertalabki tozalash ishlaridan tortib choynakda suv isitishgacha.
Umuman olganda, hozirgi birlashgan Yevropa bugungi kunda qiziq manzarani ko‘rsatapti: u faqat shior ko‘rsatmalari asosida harakat qilayotgan vaziyat qanchalik bema’ni bo‘lsa, uning rahbarlari va jarchilari shunchalik jahl bilan umumiy qadriyatlar atrofida birlashishga chaqirmoqda.
Ammo bema’nilikning chegarasi yo‘qligi sababli, agar tizim kuchayishda davom etsa, tez orada “haqiqiy yevropalik”lar, “taraqqiyot va demokratiya” tarafdori bo‘lish uchun kam hollarda dush qabul qilishi, paypoq va sviterlarni yechmasdan uxlashi, go‘shtdan voz kechishi va ommaviy tarzda velosiped haydashga o‘tishi kerak bo‘lishi mumkin.
Ilgari qaysar friklar hayotining belgisi bo‘lgan narsalar, bugungi kunda yevropalik amaldorlar va yevropalik vazirlarning sa’y-harakatlari tufayli oddiy odamning yevropacha turmush tarzi uchun yaxshi ohangga aylanmoqda.
Albatta, biz ozodlik kurashining romantikasini eslaymiz va bugungi kunda mavjudlikning yangi standartlari ostiga tushib qolganlarga har tomonlama hamdardmiz.
Aslini olganda, “haqiqiy yevropalik ayollar lablari va kipriklarini bo‘yamaydilar” degan fikrga yetib olish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi, chunki dekorativ kosmetikadan foydalanadigan ayol, shubhasiz, (bu mantiqda) “Kreml agenti” bo‘lib chiqishi mumkin.
Kuzatishda davom etamiz. Biz bu yo‘lni bosib o‘tdik va bu ko‘chaning boshi berk ekanini bilamiz, ammo, katta ehtimol bilan sog‘lom fikrni unutib, Yevropada kim birinchi bo‘lib yana o‘sha xatolarni takrorlashiga xalaqit bermaymiz.
Ammo ularga muvaffaqiyatli sayr tilamaslik odobsizlik bo‘lardi. Shunday ekan, sayringiz yaxshi o‘tsin, bolalar!
Yangiliklar lentasi
0