https://oz.sputniknews.uz/20220407/endi-parvarishlash-nafaqasi-uchun-arizalarni-onlayn-yuborish-mumkin-23830250.html
Endi parvarishlash nafaqasi uchun arizalarni onlayn yuborish mumkin
Endi parvarishlash nafaqasi uchun arizalarni onlayn yuborish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga My.gov.uz da o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi.
2022-04-07T13:59+0500
2022-04-07T13:59+0500
2022-04-07T13:59+0500
jamiyat
nafaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23475992_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_dd040c21c3dc5642946f3fc609ffda2b.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JShShIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabardor etiladi.Xizmatdan Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) ro‘yxatdan o‘tganlar foydalana oladi. 1-apreldan hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq parvarishlash nafaqalari tayinlangan.Ma’lumot uchun, prezidentning PF-74-sonli farmoniga ko‘ra, 1-apreldan boshlab nogironlik nafaqasi hamda nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha oshirildi. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarni parvarish qilayotgan qonuniy vakilga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23475992_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_e4fb777411213ed090a5d649fca376f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parvarishlash nafaqasi ariza onlayn
parvarishlash nafaqasi ariza onlayn
Endi parvarishlash nafaqasi uchun arizalarni onlayn yuborish mumkin
Xizmatdan foydalangan murojaatchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Faqatgina, portalga kirish uchun OneID kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (
my.gov.uz) o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi.
“Buning uchun murojaatchi “Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan foydalanishi va nafaqa turi sifatida “Parvarishlash nafaqasi” bandini tanlab, ariza yuborishi lozim”, - deyiladi portal
xabarida.Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JShShIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabardor etiladi.
Xizmatdan Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) ro‘yxatdan o‘tganlar foydalana oladi. 1-apreldan hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq parvarishlash nafaqalari tayinlangan.
Ma’lumot uchun, prezidentning PF-74-sonli farmoniga ko‘ra, 1-apreldan boshlab nogironlik nafaqasi hamda nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha
oshirildi. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarni parvarish qilayotgan qonuniy vakilga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi
joriy etilgan.