Dorilar va tibbiyot buyumlarini majburiy markirovkalash 1-sentabrdan boshlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTorgovlya lekarstvami
Torgovlya lekarstvami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan dorilar va tibbiyot buyumlarini majburiy markirovkalash muddati tasdiqlandi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekistonda dorilar va tibbiyot buyumlarini majburiy markirovkalash 1-sentabrdan boshlanadi. Hukumatning tegishli qarori 2-aprel kuni qabul qilindi.
Hujjat bilan dori vositalari (substansiyalar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni guruhlarga bo‘linishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022—2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish nazarda tutilgan.
Majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda mahsulotlar turlari quyidagicha belgilandi:
birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;
ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh — orfan dori vositalari (kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun) — 2023-yil 1-martdan boshlab;
to‘rtinchi guruh — maxsus ro‘yxatga kiritilgan import qilingan tibbiy buyumlar — 2025-yil 1-fevraldan boshlab.
Qaror bilan majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati, dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi tasdiqlangan. Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2-apreldan kuchga kirgan.
Yangiliklar lentasi
0