BMT Inson huquqlari kengashida Rossiya ishtiroki to‘xtatildi

© Foto : Patrick GrubanZal Generalnoy Assamblei OON
Zal Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Bosh Assambleyasining ushbu qarorini yoqlab 93 davlat ovoz bergan, 24 davlat qarshi va 58 davlat betaraf ovoz berdi.
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi faoliyatini to‘xtatuvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” muxbiri.
Yoqlab ovoz berganlar: Bosh Assambleyasining ushbu qarorini yoqlab 93 davlat ovoz berdi. Ular Orasida Serbiya va Isroil ham bor, deyilgan xabarda.
Qarshi ovoz bergan davlatlar 24 ta: Jazoir, Belarus, Boliviya, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy, Kongo Respublikasi, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Efiopiya, Gabon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Laos, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Tojikiston, O‘zbekiston, Vetnam, Zimbabve.
Betaraf qolganlar – 58 ta davlat bo‘ldi: Misr, Kamerun, Gana, Hindiston, Quvayt, Meksika, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika va Birlashgan Arab Amirliklari va boshqalar.
Hujjat loyihasi bir guruh G‘arb davlatlari, jumladan AQSh, Ukraina va Latviya tomonidan tayyorlangan. Uning matniga ko‘ra, Bosh Assambleya "Ukrainadagi harakatlar" tufayli Rossiyaning IHKga a’zolik huquqlarini to‘xtatishga qaror qiladi. Shu bilan birga, BA "kerak bo‘lsa, masalani qayta ko‘rib chiqishi" mumkinligi aytilgan.
"Ushbu cheklovdan so‘ng Rossiya IHKda o‘z o‘rnini saqlab qolishini, biroq ovoz berish va so‘zlash huquqildan mahrum bo‘ladi", - deb izoh berdi IHK asosiy vakillik organi raisi Abdulla Shahid RIA Novosti muxbiriga.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gennadiy Kuzmin Rossiya 7-apreldan boshlab IHK a’zoligidan muddatidan oldin chiqishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlardan chekinish emas”.
Moskva bu rezolyutsiyani “noqonuniy va siyosiy maqsadli qadam” deb hisoblaydi, va Kengashning o‘zi “bir guruh davlatlar tomonidan o‘z maqsadlarida foydalanish uchun monopoliya qilingan”, deydi Kuzmin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. 25-martga kelib operatsiyaning birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarildi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirdi.
Yangiliklar lentasi
0