Turkiyalik siyosatshunos: AQSh sanksiyalar orqali boshqalarni o‘z izmiga bo‘ysundirishga urinmoqda

© REUTERS / Dado Ruvic / IllustrationNeftanaya vishka na fone amerikanskogo i rossiyskogo flaga
Neftanaya vishka na fone amerikanskogo i rossiyskogo flaga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos kuni kecha Yevropaning ikki mamlakatida saylovlar bo‘lib o‘tgani va u yerda G‘arbga qarshi qarashlarga ega yetakchilar g‘olib bo‘lganini eslatdi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Yevropa mamlakatlarida Amerikaga qarshi kayfiyat o‘sib bormoqda. Bu haqda turkiyalik siyosatshunos, Bilkent universiteti professori Semih Koray Sputnik Turkiyaga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Davlatlar va xalqlar o‘zlarining tajribasida tez-tez Amerika dunyodagi eng ishonchsiz ittifoqchi ekaniga ishonch hosil qilishmoqda, shu bois AQShga nisbatan ishonch hissi tufayli qo‘yilgan har bir qadam ortidan ko‘ngil sovish bo‘ladi”, - dedi Koray.
Siyosatshunos kuni kecha Yevropaning ikki mamlakatida saylovlar bo‘lib o‘tgani va u yerda G‘arbga qarshi qarashlarga ega yetakchilar – Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban g‘olib bo‘lganini eslatdi.
Koray Sharqda ham imperializmga qarshi trend kuzatilmoqda deb hisoblaydi: Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQSh ortida turgan davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinishi barbod qilinganini ma’lum qildi.
Semih Korayning fikricha, bu voqealar AQShning xalqaro dunyo maydonida nufuzi tushib borayotganini tasdiqlaydi.
“Tashabbus Amerika gegemoniyasiga qarshi turgan, o‘z mustaqilligini mustahkamlab, o‘z yo‘lidan borayotgan mamlakatlar qo‘liga o‘tdi”, - deydi Koray.
Siyosatshunosning ta’kidlashicha, AQSh kongressi faqat biror bir mamlakat yoki biror bir shaxslarga qarshi yangi sanksiya kiritishni muhokama qilish band.
“Ular uchun sanksiya joriy etish o‘z izmiga bo‘ysundirishni anglatadi. Ammo Amerikaning bu bilan hech narsaga erishish qo‘lidan kelmagani sabab u hamisha cheklovlar joriy etishga majbur. Amerikaliklar sanksiyalari kiritilgan mamlakatlarga qaraydigan bo‘lsak, dunyoda ular ko‘pchilikni tashkil etishlarini ko‘rish mumkin”, - deydi u.
Ekspert sanksiyalar zamirida xalqaro savdo-sotiqda zaxira valyuta sifatida foydalaniladigan dollar borligini qayd etdi. AQSh dollardan tahdid vositasi sifatidan foydalanadi.

Mavzuga oid:

Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollarga xavf solmoqda - XVJ
Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli AQShni kuchli inqiroz kutmoqda - The Hill
Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollar ustunligiga putur yetkazishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0