Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Alisher Sultonov "salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan" energetika vaziri lavozimidan ozod qilindi.
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Alisher Saidabbasovich Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi", - deyilgan xabarda.
Alisher Sultonov 1996-yildan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlagan. 2015-yildan boshlab "O‘zbekneftegaz" boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan. 2019-yilning 1-fevralidan boshlab O‘zbekistonning birinchi energetika vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Aytish joizki, Alisher Sultonov turli yillarda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ayni damda Sultonov O‘zbekiston Kanoe federatsiyasi raisi.
Yangiliklar lentasi
0