Zuhriddin Qodirov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

© Foto: NOK UzbekistanaZuxriddin Kadirov
Zuxriddin Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna bo‘lish
Dubaydagi Jahon chempionatida Zuhriddin O‘zbekiston mustaqilligi davrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi sportchi bo‘ldi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. BAAning Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sablyachilar Toshkentga qaytib kelishdi va munosib taqdirlanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
© Foto: NOK Uzbekistana
Vstrecha fextovalshikov - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Foto: NOK Uzbekistana
Zuxriddin Kadirov i Zaynab Dayibekova - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Foto: NOK Uzbekistana
Vstrecha fextovalshikov - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Foto: NOK Uzbekistana
Zuxriddin Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Jahon chempionatida Zaynab Dayibekova bronza, Zuhriddin Qodirov esa oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, Zuhriddin Qodirov bu bilan O‘zbekiston mustaqilligi davrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi sportchi bo‘ldi.
MOQda o‘tkazilgan tadbirda sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov qilichbozlarni bu erishilgan yuksak natija bilan qutladi.
Shundan so‘ng Zuhriddin Qodirovni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi va sportchiga mukofot topshirildi.
Qilichbozlik terma jamoasi murabbiylari Vladimir Nazlimov 2 ming, Yorqin Yo‘ldoshev ming, sportchi Zuhriddin Qodirov 5 ming, Zaynab Dayibekova esa 3 ming dollar miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Zuhriddin Qodirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0