Vengriya Rossiya gazini rublda sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina derjit ventil truboprovoda
Mujchina derjit ventil truboprovoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna bo‘lish
Peter Siyarto: Vengriya elektr ta’minoti xavfdan xoli va shunday bo‘lib qoladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Budapesht Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lanishining texnik yechimi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
Vengriya TIV rahbari gazni rublda sotib olish haqidagi savolga javob berayotib, uning mamlakati “Gazprom” oldidagi o‘zining birinchi to‘lov majburiyatini may oxirida bajarishi kerakligi, hozir texnik yechim tafsilotlari ishlab chiqilayotganini aytdi.
“Vengriya elektr ta’minoti xavfdan xoli va shunday bo‘lib qoladi”, - deya ta’kidladi Siyarto.
U gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma faqat Vengriya va Rossiya o‘rtasida tuzilgani va shu bois Yevropa Ittifoqining Rossiya gazini sotib olishga doir umumiy qarori Budapeshtga tegishli bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidenti 31-mart kuni 1-apreldan boshlab Rossiya gazining do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga yetkazib berganlik uchun to‘lovning yangi tartibini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Endi bunday mamlakatlar mablag‘larni xorijiy valyutada “Gazprom”ga o‘tkazishlari kerak. Kompaniya o‘z navbatida birjada ularni rublga almashtiradi va ularni importorlarning rubldagi hisob-varaqlariga o‘tkazadi. Shu tariqa, G‘arb mamlakatlari gazni rublda sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0