Rus madaniyatini bekor qilish yetarli bo‘lmadi. Uni talon-taroj qilish vaqti keldi
15:32 06.04.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023)
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Finlyandiya bojxona xizmati Rossiyaga yo‘l olgan Rossiyaga tegishli san’at asarlari qo‘lga olinganini tasdiqladi. Sabab – Yevropa Ittifoqi sanksiyalari.
“Bojxonachilar Vaalimaa chegara punktida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari qo‘llanishida gumon qilinayotgan uchta yukni to‘xtatdi. Holatlar bo‘yicha dastlabki tergov boshlandi”, - deya xabar beradi agentlik.
Endi bizga ayon bo‘ldiki, rus musiqachilari, yozuvchilari, raqqosalari, teatrlariga taqiq qo‘yishlarning sababi nafaqat ularning chiqishlarini bekor qilish va persona non grata deb e’lon qilish, balki shunchaki Rossiyada tug‘ilib o‘sganlari uchun bo‘lgan...
Bugun jamoat maydonida mamlakatimizga qarshi chiqqanlar uchun rus madaniyatini bekor qilish milliy merosimizni musodara qilish deb ham hisoblanadi.
Bu rasmlar, qimmatbaho foliantlar, qo‘lozmalar, partituralar, zargarlik durdonalari (bizning muzeylarimizda esa durdona bo‘lmagan asarlar saqlanmaydi), mutlaqo hamma narsa, har qanday obyekt, har qanday artefakt bo‘lishi mumkin. Agar ularning provenansida yoki saqlash joyida atigi- Russian Federation degan ikkita so‘z bo‘lsa, buni musodara qilish mumkin, degan ma’noni anglatadi.
“Bojxona xodimlari buning balki shunchaki antikvariat ekanligini tekshirishga qaror qildi”- kabi hadiksiragan tushuntirishlar ahamiyatsiz deb hisoblanishi kerak va shart.
Fin bojxonachisi Engr qalamiga mansub Ermitaj kolleksiyasidan bo‘lmish “Graf Guryevning portreti” polotnosi yoki Kanova haykaltaroshning “Kupid” haykalini (bu ham Ermitaj kolleksiyasidan) “noyob buyum” deb tasniflash to‘g‘risida qaror qabul qilgan paytida biz o‘z merosimizga qarshi ov boshlaganini tushunishimiz kerak. Va ular bizni ham xuddi ovchilar u yerda bo‘rilarni haydagandek bayroqlarga quvishayotganini ham tushunishimiz darkor.
Italiya muzeyi xodimlari va kuratorlarining iltimosiga ko‘ra “Grand-tur. Italiya orzusi – Venetsiyadan Poympeygacha” ko‘rgazmasida ishtirok etgan eksponatlar Sankt- Peterburgga qaytarilishi kerak. Ko‘rgazma Milanda bo‘lib o‘tgan edi.
Mart oyining boshlarida, fransuz hamkasblaridan o‘rnak olib, (ular Kreml muzeyi rahbariyatiga murojaat qilib, Luvr va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan Moskvaga taqdim etilgan eksponatlarini qaytarishni so‘ragan, rus san’atshunoslari, albatta,zudlik bilan barchasini qaytarib berishdi, eksponatlar fransuz diplomatik missiyasi hududiga yuborildi, ko‘rgazma ochilishi vaqti esa ko‘chirilgan edi) Ermitaj xodimlari ham eksponatlarni xuddi shu tarzda qaytarishni so‘radi.
Bunga javoban, italiyaliklar keyinchalik ekspozitsiyani muddatidan oldin yopishlari kerakligidan hasrat qilishdi, chunki ma’no va tushunchaga zarar bermasdan tematik teshikni yamoqlab bo‘lmaydi. Ruslar esa bu sabablarni tinglashdi, hamkasblarini tushunishdi va oxirigacha kutishga rozi bo‘lishdi. Tom ma’noda.
Aniq tushunishimiz kerakki, hozir biz ko‘rayotganlarimiz hali drama emas. Bu uning boshlanishi. Bu javob munosabatimiz qanday bo‘lishini sinovdan o‘tkazishayotgan fursat. Biz qo‘rqqanimizdan jim turamizmi yoki hamma narsani darhol qaytarishni talab qilamizmi?
Kechasi milliy boyligimiz bo‘lgan yuk mashinalarini xuddi Viola eritilgan pishloqlari ortilgan yuk mashinasi kabi to‘xtatib qo‘yadigan bojxonachilarning pozitsiyasini tushunmasdan Ammo shuni anglash kerakki, bugungi kunda va hozir Rossiyadan tashqarida joylashgan, ammo Rossiyaga tegishli bo‘lgan har qanday san’at asari tungi bojxona xodimi musodara qilishi mumkin bo‘lgan obyekt bo‘lib qolmoqda.
Agar Ermitajga tegishli Engr “antiqa va noyob” buyum sifatida o‘tishi mumkin bo‘lsa, u holda tungi navbatchi bojxona xodimi Karl Faberge tomonidan yaratilgan Pasxa tuxumini (hozir daho zargarning Londonda uchta durdona asari namoyish etilmoqda), Sezanning rasmi va Van Gog polotnosini (hozir ikki yuzga yaqin rasm Fransiya poytaxti Parijda saqlanmoqda, uning prezidenti allaqachon “Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi” tarafdori ekanini e’lon qilgan).
Biz doimo kutamiz. Va biz doim umid qilamiz. Muloqotda teng huquqli sifatida qabul qilinishimizni kutish o‘ta ruscha odatimiz. Va bizning xavotirlarimiz va xavfsizligimiz bilan bog‘liq tashvishlarimiz tushuniladi va ko‘rib chiqilishi va ularning biz bilan muhokama qilishga tayyor ekanliklarini kutish ham.
Ishonamiz va umid qilamizki, bizning merosimiz o‘zimizga, albatta, qaytariladi. Xuddi biz har doim qaytarib bergandek. Biz dushmanlarimizning o‘zimiz saqlagan va tiklagan merosni ularning o‘zlariga qaytarib berganmiz.
Va evaziga hech qachon hech narsa so‘ramaganmiz.
Bugun G‘arb madaniyati va G‘arb madaniy qadriyatlari dunyosi bizga tishining oqini ko‘rsatgancha deyarli barchasi uchun Rossiyadan qarzdor ekanligini unutib qo‘ydi (chunki biz eslatmadik).
Bugungi kunda daho deya tan olingan fransuz rassomlarini qo‘llab-quvvatlash uchun aynan rus savdogarlari ko‘plab franklarni sarflagan. Keyin esa o‘tgan asrning oxirida va o‘tgan asrning boshida ularning ismlarini hech kim yodga olmagan. Ayniqsa, bu nomlar Cyezann, Renuar, Mone, Matis vatandoshlari uchun hech narsa anglatmaydi. Ularni qashshoqlikdan olib chiqqanlar tom ma’noda rus savdogarlari edi. Va aynan rus savdogarlari ular uchun abadiy shon-shuhrat yo‘llarini ochib berdi va agar o‘tmishga nazar tashlansa, ularning polotnolari narxini tasavvur qilish qiyin.
Bu asli permlik, kasbi bo‘yicha peterburglik, G‘arbga butun baletni sovg‘a qilgan rus impressariosi. Ham klassik, ham zamonaviy - chunki Sergey Diyagilevning truppasi, uning hamfikrlari, hamkasblari shunchaki olib balet teatrlarini va ahamiyatlisi, butun dunyo bo‘ylab xoreografiya maktablarini yaratishdi. G‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga.
Davoqe, Lozanna yoshlar balet tanlovi rahbariyatining bu yilgi tanlovda Rossiyadan kelgan yosh raqqos va raqqosalarning ishtirok etishiga ruxsat bermaganining ustidan ham kulmay bo‘lmaydi. Agar rus Dagilev bo‘lmasa, Lozanna, uning baleti va Moris Bejartning o‘zi paydo bo‘larmidi?
Biz nimamiz bo‘lsa barini saxiylik bilan dunyoga ulashdik. Nima qilishni bilsak, butun dunyoga o‘rgatdik. Biz litsenziyalar, mualliflik huquqi, gonararlar haqida hech nima bilmas edik.
Biz san’atning aql va iste’dod uchun, hammaga erkin maydon soha ekanligini tushunib, undan pul qilmadik.
Biz uchun madaniyat va uning qadriyatlari umumbashariy, yagona va ajralmasdir va shu sabab moliyaviy qiymatga ega emas.
Biz san’atning ma’naviy qadriyatlariga ko‘proq e’tibor beramiz. Va bunda hech kimning shubha qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Biz madaniyatga respublika mulki sifatida qaraymiz, shuning uchun ham o‘z mulkimizni o‘zimizga qaytarish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Uni Rossiyaga qaytarish uchun. O‘z vataniga qaytarish uchun.