https://oz.sputniknews.uz/20220406/ozcharmsanoat-rossiya-bilan-qoshma-korxona-tashkil-qiladi--23807492.html
"O‘zcharmsanoat" Rossiya bilan qo‘shma korxona tashkil qiladi
"O‘zcharmsanoat" Rossiya bilan qo‘shma korxona tashkil qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilishi kutilmoqda 06.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-06T13:37+0500
2022-04-06T13:37+0500
2023-04-05T18:36+0500
iqtisod
o‘zbekiston
poyabzal
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1a/14629348_0:90:3321:1958_1920x0_80_0_0_9d626229ebdb19935c20f7aa43c377a2.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya korxonalari poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi xabar bermoqda. O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar vakillari xorijlik hamkorlarga o‘z korxonalarining imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti haqida ma’lumot berishdi.“Rossiya korxonasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, uning ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Zarur mahsulotlarni O‘zbekistondan import qilish bo‘yicha takliflar ilgari surdi. Ular orasida poyabzal ustki qismi uchun blankalar, kanvas kabi to‘qimachilik mahsulotlari mavjud”, deyiladi xabarda.Uchrashuvda Rossiyalik hamkorlar O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini bildirdi. Rossiyada ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallarni xarid qilish, ustki qismlar uchun blankalar tikishga buyurtmalar berish va O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Xabarda aytilishicha, tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. "O‘zcharmsanoat" uyushmasi va Rossiya tomoni kelgusidagi hamkorlik muloqotini 25-27 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "UzCharmExpo 2022" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davom ettiradi.Ma’lumot uchun, Rossiyaning "Avanti" kompaniyasi 18-yildan buyon Rossiya bozori uchun sport va xoreografiya poyabzallarini ishlab chiqaradi. Tayyor mahsulotlarni yetkazib berish yirik chakana savdo tarmoqlarida amalga oshiriladi, shuningdek, kompaniya Ozon va Wildberries bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1a/14629348_295:0:3026:2048_1920x0_80_0_0_afdafe3c1a1d0d011e425aaf06fe2f6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, poyabzal, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, poyabzal, rossiya
"O‘zcharmsanoat" Rossiya bilan qo‘shma korxona tashkil qiladi
13:37 06.04.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilishi kutilmoqda
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya korxonalari poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi
xabar bermoqda.
"O‘zcharmsanoat" uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ko‘magida Rossiyaning "Avanti" MChJ kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor O‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilish masalasiga qaratildi.
O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar vakillari xorijlik hamkorlarga o‘z korxonalarining imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti haqida ma’lumot berishdi.
“Rossiya korxonasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, uning ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Zarur mahsulotlarni O‘zbekistondan import qilish bo‘yicha takliflar ilgari surdi. Ular orasida poyabzal ustki qismi uchun blankalar, kanvas kabi to‘qimachilik mahsulotlari mavjud”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Rossiyalik hamkorlar O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini bildirdi. Rossiyada ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallarni xarid qilish, ustki qismlar uchun blankalar tikishga buyurtmalar berish va O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. "O‘zcharmsanoat" uyushmasi va Rossiya tomoni kelgusidagi hamkorlik muloqotini 25-27 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "UzCharmExpo 2022" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning "Avanti" kompaniyasi 18-yildan buyon Rossiya bozori uchun sport va xoreografiya poyabzallarini ishlab chiqaradi. Tayyor mahsulotlarni yetkazib berish yirik chakana savdo tarmoqlarida amalga oshiriladi, shuningdek, kompaniya Ozon va Wildberries bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega.