https://oz.sputniknews.uz/20220406/ozbekiston-oltin-23814169.html
O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu oyda O‘zbekiston yirik sotuvchi bo‘lgan va 22 tonna oltin sotib, o‘z zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan. Bu oltin zaxirasi bo‘yicha 2020-yil dekabr oyidan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
2022-04-06T17:32+0500
2022-04-06T17:32+0500
2022-04-06T18:15+0500
iqtisod
oltin-valyuta zaxiralari
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20614516_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8a9f59aff8db05968fb8d2386f1ac460.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Fevral oyida O‘zbekiston jahondagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Bundan Jahon oltin kengashining (World Gold Council ) so‘nggi hisoboti darak bermoqda.Shu yilning fevral oyida Jahon markaziy banklari oltin zaxiralari fevral oyida 6 tonnaga kamaygan. Ushbu oyda O‘zbekiston yirik sotuvchi bo‘lgan va 22 tonna oltin sotib, o‘z zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan. Bu oltin zaxirasi bo‘yicha 2020-yil dekabr oyidan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.Boshqa sof sotuvlar nisbatan kam. Qozog‘iston yanvarda 17 tonna oltin sotgan bo‘lsa, fevralda yana 5 tonna sotgan. Shu oyning boshqa muhim sotuvchilari Qatar (6 tonna), Mo‘g‘uliston (1 tonna) va Germaniya (1 tonna) bo‘lgan.Qazilma boyliklari O‘zbekistonning "o‘sish nuqtasi" bo‘lishi mumkinO‘z navbatida, Turkiya 25 tonna oltin sotib olgan va zaxirasini 429 tonnaga yetkazgan. Hindiston esa qo‘shimcha 2,7 tonna oltin xarid qilgan. Uning umumiy oltin zaxirasi 758 tonnaga yetgan. Irlandiya (1 tonna) ham oy davomida xaridlarni amalga oshirishda faollik qilib, o‘z zaxiralarini 11 tonnaga yetkazgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20614516_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8d62cc352f84d2ad2fda8d44f26232fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston oltin zaxira sotish ma’lumot
o‘zbekiston oltin zaxira sotish ma’lumot
O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
17:32 06.04.2022 (yangilandi: 18:15 06.04.2022) Fevralda O‘zbekiston yirik sotuvchi bo‘lgan va 22 tonna oltin sotib, o‘z zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Fevral oyida O‘zbekiston jahondagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Bundan Jahon oltin kengashining (World Gold Council ) so‘nggi hisoboti
darak bermoqda. Shu yilning fevral oyida Jahon markaziy banklari oltin zaxiralari fevral oyida 6 tonnaga kamaygan.
Ushbu oyda O‘zbekiston yirik sotuvchi bo‘lgan va 22 tonna oltin sotib, o‘z zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan. Bu oltin zaxirasi bo‘yicha 2020-yil dekabr oyidan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
“Bu O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi birinchi yirik bitimi emas. Oltin zaxiralarini faol boshqarish o‘zgarishlar tez-tez sodir bo‘lishini anglatadi. Oltin fevral oyida sotilgandan keyin ham zaxira aktivlarining 59 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.
Boshqa sof sotuvlar nisbatan kam. Qozog‘iston yanvarda 17 tonna oltin sotgan bo‘lsa, fevralda yana 5 tonna sotgan. Shu oyning boshqa muhim sotuvchilari Qatar (6 tonna), Mo‘g‘uliston (1 tonna) va Germaniya (1 tonna) bo‘lgan.
O‘z navbatida, Turkiya 25 tonna oltin sotib olgan va zaxirasini 429 tonnaga yetkazgan. Hindiston esa qo‘shimcha 2,7 tonna oltin xarid qilgan. Uning umumiy oltin zaxirasi 758 tonnaga yetgan. Irlandiya (1 tonna) ham oy davomida xaridlarni amalga oshirishda faollik qilib, o‘z zaxiralarini 11 tonnaga yetkazgan.