Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev rossiyalik mahbuslarga nisbatan Jeneva konvensiyasiga rioya qilishdan bosh tortdi

© AP Photo / Vadim GhirdaUkrainskie voyennie v gorode Bucha
Ukrainskie voyennie v gorode Bucha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev Britaniyani harbiy asirlar to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasiga rioya qilishdan bosh tortgani haqida xabardor qildi.
TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Ukrainada rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoq va zo‘ravonlik qo‘llaniladi, xalqaro tashkilotlar esa buni ko‘rmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev.

"Rossiya harbiy xizmatchilariga nisbatan qo‘llanilayotgan qiynoqlar o‘zlarining g‘ayriinsoniyligi bilan Ulug‘ Vatan urushi yillarida nemislarga xizmat qilgan jazolovchi batalnonlar* xatti-harakatlariga o‘xshaydi. Qiynoqlar, zo‘ravonliklar suratga olinib Internet va OAV orqali tarqatilmoqda. Harbiy asirlarga nisbatan shafqatsizlik faktlariga jahon hamjamiyati, jumladan, BMT, YeXHT va XQXJ e’tibor bermayapti", - dedi Mizinsev.

G‘arb davlatlari esa, nafaqat Kiyevning xalqaro gumanitar qonunlarni qo‘pol ravishda buzayotganidan xabardor, balkim buning uchun Ukraina hukumatini javobgarlikdan qochishga yordam berishga harakat qilmoqda, deydi Mizintsev.
“Joriy yilning 1-aprelida Kiyev rejimining rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan Jeneva konvensiyasiga rioya qilmasligi haqida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgani, bunga dalil bo‘lishi mumkin”, — dedi general-polkovnik.
Bundan tashqari, Ukraina rasmiylari G‘arbni Xalqaro Qizil Xoch jamiyatiga (XQXJ) asirga tushgan rossiyaliklarni ko‘rishga urinishlarini to‘xtatishga undashni so‘ramoqda.
“Rossiya harbiy xizmatchilari atrofidagi bunday manipulyatsiyalar ko‘plab G‘arb davlatlari rasmiylari ukrainalik neonatsistlarning g‘ayriinsoniy jinoyatlariga sherik bo‘lib borayotganidan ishonchli dalil bo‘ladi”, - dedi Mizinsev.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi. Buning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish kerak. Undan tashqari Donbassda tinch aholiga qarshi jinoyatlar sodir etgan harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan. Ukrainani bosib olish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, dedi Putin.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. Ukraina tinch aholisiga zarba berilayotgani yo‘q.
* Jazolovchi batalonlar (Karateli) - Ikkinchi Jahon urushi yillarida sotqin askarlardan tuzilgan SS bataloni. Ular asosan partizanlar, bo‘y so‘nmagan aholini jazolash va qatl qilish bilan shug‘ullangan.
Yangiliklar lentasi
0