https://oz.sputniknews.uz/20220406/chilonzordagi-zapravkada-toksik-moddadan-zaharlanib-hushini-yoqotgan-ishchilar-qutqarildi-23802292.html
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan ishchilar qutqarildi
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan ishchilar qutqarildi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchilar AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning kuchli konsentratsiyasidan... 06.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-06T10:42+0500
2022-04-06T10:42+0500
2022-04-06T10:42+0500
hodisalar
zaharlanish
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
toshkent
chilonzor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20f93f4226560e68fc0404e03b3c6dba.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan xodimlar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar FVBga tumandagi Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan AYoQShda 3 nafar xodim benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar oralig‘idan hushsiz holda yotganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, hushsiz yotgan xodimlarni xavfli hududdan olib chiqishgan.Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin, ular Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.Voqea sababi o‘rganilganda, ular AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan 3 dona, har biri katta sig‘imli benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yo‘qotganligi aniqlangan.Qo‘qonda besh kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdiXabarda aytilishicha, voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig‘i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
chilonzor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af874c31bd1c0ab2a0f1aa5d339423c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , zaharlanish, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), toshkent, chilonzor tumani
hodisalar , zaharlanish, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), toshkent, chilonzor tumani
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan ishchilar qutqarildi
Ishchilar AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yo‘qotishgan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan xodimlar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)
xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar FVBga tumandagi Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan AYoQShda 3 nafar xodim benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar oralig‘idan hushsiz holda yotganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, hushsiz yotgan xodimlarni xavfli hududdan olib chiqishgan.
Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin, ular Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Voqea sababi o‘rganilganda, ular AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan 3 dona, har biri katta sig‘imli benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yo‘qotganligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig‘i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.