https://oz.sputniknews.uz/20220406/bucha-rossiyaga-qarshi-eng-tuban-igvo-23811039.html
Bucha: Rossiyaga qarshi eng tuban ig‘vo
Bucha: Rossiyaga qarshi eng tuban ig‘vo
Sputnik O‘zbekiston
Kiyev rejimining Buchaga o‘xshash provokatsiya shov-shuvlar bahonasida Yevropada iqtisodiy va harbiy ustunlikka erishishga, NATOni yanada sharqqa itarishga urinayotgan Qo‘shma Shtatlarga qo‘l keladi.
2022-04-06T16:10+0500
2022-04-06T16:10+0500
2023-04-05T18:36+0500
kolumnistlar
ukraina
bucha
provokatsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23806438_0:103:3277:1946_1920x0_80_0_0_fe1d9466128869c36f05ce2d0a5174a3.jpg
Ukrainadagi Rossiyaga qarshi ig‘volar G‘arb qurol-yarog‘lari yetkazib berilishini jadallashtirish va Rossiyani o‘ta yovuz (demonizatsiya) qilib ko‘rsatish uchun qabihlik bilan tashkil qilingan. Kiyev rejimining Buchaga o‘xshash ig‘volari shov-shuvlar bahonasida Yevropada iqtisodiy va harbiy ustunlikka erishishga, NATOni yanada sharqqa itarishga urinayotgan Qo‘shma Shtatlarga qo‘l keladi.Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya kecha Buchada 3-aprel kuni “o‘zgalar bayrog‘i ostida” operatsiya bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi va jurnalistlarga Kiyev rejimi va uning g‘arblik homiylarining uyushtirgan ig‘vosining ishonchli dalillarini taqdim etdi.Rossiya qo‘shinlari Buchadan 30-mart kuni, Istanbuldagi navbatdagi muzokaralar yakuni e’lon qilingan so‘ng, chiqib ketishdi. Ertasi kuni, 31-mart kuni, Bucha meri Anatoliy Fedorchuk shahar “ozod qilingani” haqidagi quvonchli videomurojaat yo‘lladi. Ko‘chalardagi o‘liklar yo‘q edi. Ehtimol, ig‘vo sserariysi hali tayyor bo‘lmagan.Ukraina Milliy gvardiyasining “Safari” maxsus polki 2-aprel kuni Buchani “Rossiya qo‘li ostidagilardan” tozaladi. Ukraina IIV rahbari maslahatchisi Anton Gerashenko o‘sha kunning o‘ziga tozalash aks etgan videoni idoraga saytiga joyladi. Bu haqda ukrain OAVlari yozishdi, xabar ko‘p o‘tmay internetdan o‘chirib tashlandi, biroq sayt skrinlari baribir qoldi. 3-aprelgacha Buchada hech qanday “vahshiylik” yoki “qotillik” bo‘lmagandi, o‘liklar ko‘chalar bo‘ylab yotmagandi.2 aprel kuni Buchani tozalashda Kiyev hududiy mudofaasi ham qatnashgan – ijtimoiy tarmoqlarda Bosman va Belenyukning tegishli video lavhasi paydo bo‘ldi. Ulardan biri kadr ortidan ko‘k bog‘ichi bo‘lmagan kishilarni otishga ruxsat berdi.Agar ovoz oxirigacha baland qilinsa, rolik oxirida mana bu so‘zlarni anglash mumkin: “Iltimos, o‘ldirmang. Istamayman!” va ikkita o‘q sadosi.Ehtimol, Buchadagi mahalliy aholini 2-aprel kuni otib tashlashgan, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidan chiqib ketganidan keyin uch kun o‘tib. “Bosqinchilarning agentlarini” deb hisoblagan kishilarini o‘ldirishgan. Tinch fuqarolarni otib o‘ldirish – banderachilar uslubi.Yuqorida tilga olingan ko‘k bog‘ichlarga keladigan bo‘lsak, bir narsaga odinlik kiritish muhim: Rossiya harbiy xizmatchilari Buchada oq bog‘ich taqib yurishgan. Mahalliy aholi ham shunday qilgan – ko‘cha bo‘ylab bexatar yurish uchun. Keyin foto va videodagi o‘liklar yoki tirik odamlar, ularni tasvirlayotganlar – faqat oq bog‘ichli. Misol uchun, Anton Gerashenkoning 4-apreldagi bitta mashhur videosining 37 soniyasida.O‘ylaymanki, oddiy fuqarolar shunchaki bog‘ichni yechishga ulgurishmagan – “o‘zlarining odamlari” qaytishganini bilishmagan.Banderachilar an’anasi“Buchadagi Srebrenitsa” ig‘voli, jinoiy va uquvsiz uyushtirilgan sahna ko‘rinishi Ukraina Qurolli kuchlari, Ukraina Milliy gvardiyasi va hududiy mudofaasi butun mart oyida Kiyevda va Ukrainaning boshqa aholi punktlarida bir-birlarini faol otishganini eslatdi. Vahima va muvofiqlik yo‘qligi tufayli Vasilkovda dushmanning bitta ehtimoliy diversiya-razvedka guruhi bilan 14 kishi o‘ldirilgan.Kiyev tuman ma’muriyatlaridan birida hududiy mudofaaning maxsus xizmat bilan shunga o‘xshash jangida har ikki tomondan bir necha halok bo‘lgan va yaralangan. Qurollarni o‘ylamay netmay tarqatish o‘z natijasini bergan: hududiy mudofaa qo‘rqqanidan Ukrainaning bir necha maxsus guruhini yo‘q qilgan, UQKning 72-brigadasidagi ko‘plab kishilarning umriga zomin bo‘lgan.Avvalroq taniqli millatchi Sergey Bondar hududiy mudofaa tomonidan Ukraina vertolotlari va dronlarini urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Kiyev atrofida qurolsiz yuzlab tinch alohini otish tashlab bunday “mutaxassislarga” cho‘t emas. Keyin esa Rossiyaga qarshi propaganda mashinasi ishga tushdi.G‘arb OAVlari biror bir ekspertiza xulosalarini kutmasdan, jo‘r bo‘lib Rossiyaga qarshi hukm chiqarishdi, tinglovchilar va tomoshabinlar esa buni qabul qilishdi.AQSh prezidentining millliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallian 4-aprel kuni “harbiy jinoyatlar” va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar istiqbollari haqida gapirdi.Oq uy Rossiya armiyasini yovuz qilib ko‘rsatishga urinmoqda. Britaniya ikki marta Buchadagi vaziyat bo‘yicha Rossiya tashabbus bildirgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazmaslik uchun bahonalar o‘ylab topdi. Kiyev rejimining ochiq-oydin yolg‘oni AQSh va NATOga zarur bo‘lgan axborot-siyosat maydonidagi Rossiyaga qarshi sujetini barbod qiladi.Rossiya TIV Sergey Lavrov ma’lum qildiki: “G‘arb bu shahardagi voqealar haqidagi haqiqatni ukrain inqirozi haqidagi demagogiyada yo‘q qilishga urinmoqda. Rossiya Ukraina qo‘shinlarining jinoyatlari oqibatsiz qolmasligini talab qiladi”.G‘arblik “hamkorlar” rasmiy darajada Rossiyaga biror bir aniq ayblov qo‘yisha olmaydi. Kiyev rejimi tomonidan uyushtirilgan feykning misi chiqmoqda. Turkiyaning “Aydınlık” nashri xabar beraptiki: “Buchadagi izlar Kiyevga eltadi”, va ta’kidlaydiki, “rus qirg‘ini” propagandasi Rossiya qo‘shinlari ketgandan keyin to‘rt kun o‘tib boshlangan, murdalarda esa yangi to‘kilgan qon.Shunday bo‘lsada amerikaliklar nazorati ostida bo‘lgan OAVlar haqiqiy ukrain voqeligini ko‘rsa ham ko‘rmaslikka olib, ruslarni “vahshiylikda” ayblashni davom ettirishmoqda.Rossiya Ural uchun chekinmaydiUkraina fashizmi voqeasi davom etmoqda. Bankovoyda ijtimoiy tarmoqlarga 30-mart kuni Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish chog‘ida Kiyev viloyatida pistirmaga tushgan rossiyalik desantchilar guruhi vahshiylarcha jazolangani sizib ketgani sabab yangi mojaro. Asirlarning qo‘llarini bog‘lab, bo‘g‘ishlashgan, avtomat bilan urib o‘ldirishgan va bularning barini videoga olishgan.Ukraina hukumatining fikricha, Kiyevni obro‘sizlantirish kallakesarlar xatti-harakatlarida emas, aynan “kontentini” ko‘rsatishdan iborat, axir G‘arb Jeneva konvensiyasiga rioya qilinishni kuzataptiku.Ukrain telegram kanallari asir rus askarlarining yangi qiynoqlari haqida xabar berayotib, UQK bosh shtabi nazorati yo‘qligini qayd etishadi, xolos. Axir sujet “Bucha axborotini to‘sib qo‘yishi” mumkinda. Barcha tafsilotlarni tahlil qilmay turib.Qayd etish joizki, harbiy jinoyatlar jinoyatchilarning o‘zi tomonidan “rasmiylashtirilgan”, ular ismlari ma’lum – “Gruzin legioni” jangarisi Teymuraz Xizanishvili, kiyevlik Aleksey Antonyuk va allaqanday Aleksey Kutsirin. Telefon va manzillarga qaraganda, ular hech qanday xorijlik emaslar, bari Ukraina hududida yashaydi, ikkisi oilasi bilan.Rossiya mudofaa vazirligi aniqladiki, 4-aprel kuni Moshun aholi punktida (Kiyevdan shimoli-sharqiy 23 km uzoqlikda) Ukrainaning 72- psixologik operatsiyalar bosh markazi harbiy xizmatchilari keyin G‘arb OAVlari orqali tarqatish uchun go‘yoki Rossiya Quroli kuchlarining zo‘ravonlik harakatlaridan halok bo‘lgan tinch aholining navbatdagi sahnalashtirilgan tasvirini olgan. Shunga o‘xshash tadbirlar Sum, Konotop va boshqa shaharlar tashkil etilmoqda. Razillikning cheki yo‘q.Kiyev rejimining birinchi ayyori va asosiy razili shaxsan Maydan davridagi an’analarni qo‘llab-quvvatlamoqda – G‘arb uchun bo‘lgan muhim vazifalarni bajarish chog‘ida giyohvand moddalarini ommaviy iste’mol qilish. Anasha va amfetaminlarni jangovar pozitsiyalarda birgalikda hatto elitalar, UQK desant-hujum bo‘linmalari iste’mol qilmoqda.“Kayf” ostida qilib bo‘lmaydigan yoki taqiqlangan narsaning o‘zi yo‘q. Bugungi kundagi ukrain harbiylarining Donbassning tinch aholisiga qarshi zaharlovchi moddalarni (kimyo quroli) qo‘llashga urinishi G‘arb tomonidan tashkil qilingan millatchi davlat uchun mantiqli.Qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi Ukrainaning tinch aholisi va kelajagini qurbon qilib, AQSh manfaatlarini jon-jahdi bilan himoya qilmoqda.Bu sujetlardan keyin Zelenskiyning BMTdagi Rossiyaga qarshi balandparvoz safsatabozligi ayrimlarga yetib boradi. Hatto NATOga a’zo Turkiyada tushunishmoqda: “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi NATO qamalini buzishga qaratilgan”. Shubhasiz, Rossiya yarim yo‘lda to‘xtab qolmaydi.Mavzuga oid:
ukraina
bucha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23806438_272:0:3003:2048_1920x0_80_0_0_3eab2d5821dea88fbf9350bd581eb52b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
bucha ukraina provokatsiya maxsus harbiy operatsiya rossiya ukraina yangiliklari so‘nggi
bucha ukraina provokatsiya maxsus harbiy operatsiya rossiya ukraina yangiliklari so‘nggi
Bucha: Rossiyaga qarshi eng tuban ig‘vo
16:10 06.04.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Kiyev viloyatida tinch aholining Ukraina hududiy mudofaasi yoki milliy gvardiyasi tomonidan o‘ldirilishi – yugoslavancha Srebrenitsa usulidagi qonli sahnalar seriyasining boshlanishi.
Ukrainadagi Rossiyaga qarshi ig‘volar G‘arb qurol-yarog‘lari yetkazib berilishini jadallashtirish va Rossiyani o‘ta yovuz (demonizatsiya) qilib ko‘rsatish uchun qabihlik bilan tashkil qilingan. Kiyev rejimining Buchaga o‘xshash ig‘volari shov-shuvlar bahonasida Yevropada iqtisodiy va harbiy ustunlikka erishishga, NATOni yanada sharqqa itarishga urinayotgan Qo‘shma Shtatlarga qo‘l keladi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya kecha Buchada 3-aprel kuni “o‘zgalar bayrog‘i ostida” operatsiya bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi va jurnalistlarga Kiyev rejimi va uning g‘arblik homiylarining uyushtirgan ig‘vosining ishonchli dalillarini taqdim etdi.
Rossiya qo‘shinlari Buchadan 30-mart kuni, Istanbuldagi navbatdagi muzokaralar yakuni e’lon qilingan so‘ng, chiqib ketishdi. Ertasi kuni, 31-mart kuni, Bucha meri Anatoliy Fedorchuk shahar “ozod qilingani” haqidagi quvonchli videomurojaat yo‘lladi. Ko‘chalardagi o‘liklar yo‘q edi. Ehtimol, ig‘vo sserariysi hali tayyor bo‘lmagan.
Ukraina Milliy gvardiyasining “Safari” maxsus polki 2-aprel kuni Buchani “Rossiya qo‘li ostidagilardan” tozaladi. Ukraina IIV rahbari maslahatchisi Anton Gerashenko o‘sha kunning o‘ziga tozalash aks etgan videoni idoraga saytiga joyladi. Bu haqda ukrain OAVlari yozishdi, xabar ko‘p o‘tmay internetdan o‘chirib tashlandi, biroq sayt skrinlari baribir qoldi. 3-aprelgacha Buchada hech qanday “vahshiylik” yoki “qotillik” bo‘lmagandi, o‘liklar ko‘chalar bo‘ylab yotmagandi.
2 aprel kuni Buchani tozalashda Kiyev hududiy mudofaasi ham qatnashgan – ijtimoiy tarmoqlarda Bosman va Belenyukning tegishli video lavhasi paydo bo‘ldi. Ulardan biri kadr ortidan ko‘k bog‘ichi bo‘lmagan kishilarni otishga ruxsat berdi.
Agar ovoz oxirigacha baland qilinsa, rolik oxirida mana bu so‘zlarni anglash mumkin: “Iltimos, o‘ldirmang. Istamayman!” va ikkita o‘q sadosi.
Ehtimol, Buchadagi mahalliy aholini 2-aprel kuni otib tashlashgan, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidan chiqib ketganidan keyin uch kun o‘tib. “Bosqinchilarning agentlarini” deb hisoblagan kishilarini o‘ldirishgan. Tinch fuqarolarni otib o‘ldirish – banderachilar uslubi.
Yuqorida tilga olingan ko‘k bog‘ichlarga keladigan bo‘lsak, bir narsaga odinlik kiritish muhim: Rossiya harbiy xizmatchilari Buchada oq bog‘ich taqib yurishgan. Mahalliy aholi ham shunday qilgan – ko‘cha bo‘ylab bexatar yurish uchun. Keyin foto va videodagi o‘liklar yoki tirik odamlar, ularni tasvirlayotganlar – faqat oq bog‘ichli. Misol uchun, Anton Gerashenkoning 4-apreldagi bitta mashhur videosining 37 soniyasida.
O‘ylaymanki, oddiy fuqarolar shunchaki bog‘ichni yechishga ulgurishmagan – “o‘zlarining odamlari” qaytishganini bilishmagan.
“Buchadagi Srebrenitsa” ig‘voli, jinoiy va uquvsiz uyushtirilgan sahna ko‘rinishi Ukraina Qurolli kuchlari, Ukraina Milliy gvardiyasi va hududiy mudofaasi butun mart oyida Kiyevda va Ukrainaning boshqa aholi punktlarida bir-birlarini faol otishganini eslatdi. Vahima va muvofiqlik yo‘qligi tufayli Vasilkovda dushmanning bitta ehtimoliy diversiya-razvedka guruhi bilan 14 kishi o‘ldirilgan.
Kiyev tuman ma’muriyatlaridan birida hududiy mudofaaning maxsus xizmat bilan shunga o‘xshash jangida har ikki tomondan bir necha halok bo‘lgan va yaralangan. Qurollarni o‘ylamay netmay tarqatish o‘z natijasini bergan: hududiy mudofaa qo‘rqqanidan Ukrainaning bir necha maxsus guruhini yo‘q qilgan, UQKning 72-brigadasidagi ko‘plab kishilarning umriga zomin bo‘lgan.
Avvalroq taniqli millatchi Sergey Bondar hududiy mudofaa tomonidan Ukraina vertolotlari va dronlarini urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Kiyev atrofida qurolsiz yuzlab tinch alohini otish tashlab bunday “mutaxassislarga” cho‘t emas. Keyin esa Rossiyaga qarshi propaganda mashinasi ishga tushdi.
G‘arb OAVlari biror bir ekspertiza xulosalarini kutmasdan, jo‘r bo‘lib Rossiyaga qarshi hukm chiqarishdi, tinglovchilar va tomoshabinlar esa buni qabul qilishdi.
AQSh prezidentining millliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallian 4-aprel kuni “harbiy jinoyatlar” va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar istiqbollari haqida gapirdi.
Oq uy Rossiya armiyasini yovuz qilib ko‘rsatishga urinmoqda. Britaniya ikki marta Buchadagi vaziyat bo‘yicha Rossiya tashabbus bildirgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazmaslik uchun bahonalar o‘ylab topdi. Kiyev rejimining ochiq-oydin yolg‘oni AQSh va NATOga zarur bo‘lgan axborot-siyosat maydonidagi Rossiyaga qarshi sujetini barbod qiladi.
Rossiya TIV Sergey Lavrov ma’lum qildiki: “G‘arb bu shahardagi voqealar haqidagi haqiqatni ukrain inqirozi haqidagi demagogiyada yo‘q qilishga urinmoqda. Rossiya Ukraina qo‘shinlarining jinoyatlari oqibatsiz qolmasligini talab qiladi”.
G‘arblik “hamkorlar” rasmiy darajada Rossiyaga biror bir aniq ayblov qo‘yisha olmaydi. Kiyev rejimi tomonidan uyushtirilgan feykning misi chiqmoqda. Turkiyaning “Aydınlık” nashri xabar beraptiki: “Buchadagi izlar Kiyevga eltadi”, va ta’kidlaydiki, “rus qirg‘ini” propagandasi Rossiya qo‘shinlari ketgandan keyin to‘rt kun o‘tib boshlangan, murdalarda esa yangi to‘kilgan qon.
Shunday bo‘lsada amerikaliklar nazorati ostida bo‘lgan OAVlar haqiqiy ukrain voqeligini ko‘rsa ham ko‘rmaslikka olib, ruslarni “vahshiylikda” ayblashni davom ettirishmoqda.
Rossiya Ural uchun chekinmaydi
Ukraina fashizmi voqeasi davom etmoqda. Bankovoyda ijtimoiy tarmoqlarga 30-mart kuni Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish chog‘ida Kiyev viloyatida pistirmaga tushgan rossiyalik desantchilar guruhi vahshiylarcha jazolangani sizib ketgani sabab yangi mojaro. Asirlarning qo‘llarini bog‘lab, bo‘g‘ishlashgan, avtomat bilan urib o‘ldirishgan va bularning barini videoga olishgan.
Ukraina hukumatining fikricha, Kiyevni obro‘sizlantirish kallakesarlar xatti-harakatlarida emas, aynan “kontentini” ko‘rsatishdan iborat, axir G‘arb Jeneva konvensiyasiga rioya qilinishni kuzataptiku.
Ukrain telegram kanallari asir rus askarlarining yangi qiynoqlari haqida xabar berayotib, UQK bosh shtabi nazorati yo‘qligini qayd etishadi, xolos. Axir sujet “Bucha axborotini to‘sib qo‘yishi” mumkinda. Barcha tafsilotlarni tahlil qilmay turib.
Qayd etish joizki, harbiy jinoyatlar jinoyatchilarning o‘zi tomonidan “rasmiylashtirilgan”, ular ismlari ma’lum – “Gruzin legioni” jangarisi Teymuraz Xizanishvili, kiyevlik Aleksey Antonyuk va allaqanday Aleksey Kutsirin. Telefon va manzillarga qaraganda, ular hech qanday xorijlik emaslar, bari Ukraina hududida yashaydi, ikkisi oilasi bilan.
Rossiya mudofaa vazirligi aniqladiki, 4-aprel kuni Moshun aholi punktida (Kiyevdan shimoli-sharqiy 23 km uzoqlikda) Ukrainaning 72- psixologik operatsiyalar bosh markazi harbiy xizmatchilari keyin G‘arb OAVlari orqali tarqatish uchun go‘yoki Rossiya Quroli kuchlarining zo‘ravonlik harakatlaridan halok bo‘lgan tinch aholining navbatdagi sahnalashtirilgan tasvirini olgan. Shunga o‘xshash tadbirlar Sum, Konotop va boshqa shaharlar tashkil etilmoqda. Razillikning cheki yo‘q.
Kiyev rejimining birinchi ayyori va asosiy razili shaxsan Maydan davridagi an’analarni qo‘llab-quvvatlamoqda – G‘arb uchun bo‘lgan muhim vazifalarni bajarish chog‘ida giyohvand moddalarini ommaviy iste’mol qilish. Anasha va amfetaminlarni jangovar pozitsiyalarda birgalikda hatto elitalar, UQK desant-hujum bo‘linmalari iste’mol qilmoqda.
“Kayf” ostida qilib bo‘lmaydigan yoki taqiqlangan narsaning o‘zi yo‘q. Bugungi kundagi ukrain harbiylarining Donbassning tinch aholisiga qarshi zaharlovchi moddalarni (kimyo quroli) qo‘llashga urinishi G‘arb tomonidan tashkil qilingan millatchi davlat uchun mantiqli.
Qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi Ukrainaning tinch aholisi va kelajagini qurbon qilib, AQSh manfaatlarini jon-jahdi bilan himoya qilmoqda.
Bu sujetlardan keyin Zelenskiyning BMTdagi Rossiyaga qarshi balandparvoz safsatabozligi ayrimlarga yetib boradi. Hatto NATOga a’zo Turkiyada tushunishmoqda: “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi NATO qamalini buzishga qaratilgan”. Shubhasiz, Rossiya yarim yo‘lda to‘xtab qolmaydi.