“UzAirways” ikki yillik tanaffusdan so‘ng Parijga parvozlarni tiklaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Fransiya poytaxtiga parvozlar 2022-yil 29-aprelidan boshlab 10-iyungacha haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent—Parij—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, parvozlar 29-apreldan 10-iyunga qadar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusning kirib kelishi oldini olish maqsadida 2020-yilning mart oyida Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Fransiya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.
Shavkat Mirziyoyev tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0