https://oz.sputniknews.uz/20220405/qoidabuzar-haydovchilar-uchun-jarima-ballari-tizimi-qachondan-joriy-etilishi-malum-boldi-23775449.html
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1-dekabrdan joriy etiladi. Har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi
2022-04-05T10:35+0500
2022-04-05T10:35+0500
2022-04-05T10:35+0500
jamiyat
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15661568_0:157:3073:1885_1920x0_80_0_0_0a8b9d9b74e9ec3af1d51581c37618bf.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1-dekabrdan joriy etiladi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilayotgan yangi tizimga ko‘ra:Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini tayyorlashlari shart.Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15661568_136:0:2867:2048_1920x0_80_0_0_39174c24c22e0471e1ba4cd51ffa60bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jarima ballari tizimi
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
Har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1-dekabrdan joriy etiladi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda
nazarda tutilgan. Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilayotgan yangi tizimga ko‘ra:
har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga mashina boshqarish huquqidan mahrum qilinadi;
muayan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini tayyorlashlari shart.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini
ma’lum qilgan edi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.