Maishiy texnikalarni majburiy markirovkalash apreldan boshlanadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishSet magazinov "Eldorado" provela rebrending
Set magazinov Eldorado provela rebrending  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
15 apreldan boshlab changutgich, kir yuvish mashinasi, sovutgich, televizor va monitor majburiy raqamli markirovkalanadi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar bo‘yicha quyidagicha belgilanadi:
birinchi guruh – changutgich, kir yuvish mashinasi, sovutgich va muzlatgich, televizor va monitor – 2022-yil 15-apreldan boshlab;
ikkinchi guruh – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitgich – 1-avgustdan boshlab;
uchinchi guruh – suv isitish qozonlari, konditsioner, o‘rnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, go‘sht maydalagich), barcha tur lampalar – 1-noyabrdan boshlab joriy qilinadi.
O‘zbekistonda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini yo‘lga qo‘yish ta’minlangan. Bunda “CRPT TURON” MChJ mazkur tizimning operatori sifatida belgilangan.

O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvaridan tamaki va alkogol, shu jumladan pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlangan. Shuningdek, yirik pivo zavodlarida markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0