https://oz.sputniknews.uz/20220405/hokimliklarga-yollarda-radarlar-ornatish-huquqi-berildi-23773823.html
Hokimliklarga yo‘llarda radarlar o‘rnatish huquqi berildi
Hokimliklarga yo‘llarda radarlar o‘rnatish huquqi berildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berildi.
2022-04-05T09:46+0500
2022-04-05T09:46+0500
2022-04-05T09:46+0500
jamiyat
hokimlik
radar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20564408_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b0391487fc3f5c12801750cc6b425447.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.Mazkur dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi.Bu mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2023-yil yakuniga qadar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi manzilli dasturni tasdiqlaydi va ijrosini to‘liq ta’minlaydi.YHXX faoliyatiga tadbirkorni jalb etish nima uchun kerak?Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga 2021-yil 1-martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat berilgan. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20564408_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af235db063d7d469a906e486549233b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hokimliklar radar
Hokimliklarga yo‘llarda radarlar o‘rnatish huquqi berildi
Qoidabuzarliklardan undirilgan uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda
ko‘zda tutilgan. Mazkur dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi.
Bu mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.
Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2023-yil yakuniga qadar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi manzilli dasturni tasdiqlaydi va ijrosini to‘liq ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga 2021-yil 1-martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga
ruxsat berilgan. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.