AQSh Yevropani tank ostiga uloqtirmoqda

© Sputnik / Aleksey FilippovTank, arxivnoe foto
Tank, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Vashington anchadan buyon Ukrainadan o‘z maqsadlariga erishish uchun xarajat materiali sifatida foydalanib kelmoqda, ammo yevropalik ittifoqchilarning qadri ham unchalik yuqori emas.
Amerikaliklar Ukraina Qurolli kuchlariga (UQK) uchun og‘ir jangovar texnika va mutaxassis yetkazib berishga majburlash yo‘li bilan asta-sekin Yevropani Rossiya bilan qurolli mojaroga tortmoqda.
Oq uy apparati rahbari Ron Kleyn 3-aprel kuni AQSh Ukrainadagi mojaro hali beri yakunlanmasligini ko‘rayotganini ma’lum qildi. Kleyn Vashington Ukrainaga harbiy yordam (qurol-yarog‘ yetkazib berish yoki NATO mamlakatlari yetkazib bergani uchun pul to‘lash) ko‘rsatishda davom etishini tasdiqladi. Sulh bitimi ehtimoli borasida churq etmadi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken deyarli bir vaqtning o‘zini UQK har bir rus tanki uchun NATO standartlaridagi “o‘ndan ziyod tankka qarshi tizim” olishlarini va’da berdi. Shu tariqa, Vashington NATO bo‘yicha yaqin ittifoqdoshlari va ukrain hamkorlariga Rossiya bilan kurashga so‘nggi tank yoki yevropalikkacha bo‘lgan mo‘ljalni ko‘rsatmoqda – o‘n yillarcha (Afg‘onistonni yodga olamiz).
“Global Firepower” xalqaro harbiy qudrat reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya ixtiyorida 12 mingdan ziyod tank bor. Kollektiv G‘arbning harbiy-sanoat majmuasiga Ukrainadagi “Blinken proporsiyasiga” erishish uchun ko‘p yillar tankka qarshi tizim ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi. AQSh Ukrainaga 13 milliard dollar harbiy yordam ajratishga qaror qildi, mart oyining o‘zida Kiyev rejimi bu summaning 10 foizdan ziyodini (1,6 mlrd dollar) olgan. Ukrainlar amerikaliklarning qurol bo‘yicha kreditlarini XXII asrgacha to‘lashadi (agar Ukraina davlatchiligi saqlanib qolinsa).
Qo‘shma Shtatlar UQKga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan bir necha yuzta T-72 tanklari va zirhli texnikalarni yetkazib berish loyihasini jon-jahdlarini bilan ilgari surishmoqda. Misol uchun, Polsha Varshava shartnomasi davridan buyon turli modifikatsiyali 500 taga yaqin T-72 tanklari va ming donadan ziyod jangovar piyoda mashinalarini (BMP-1) saqlab qolgan.
Varshava Amerikaning “Abrams” yangi tanklariga buyurtma bergan va eski zirhli texnikasini sotish ishtiyoqida – qo‘shni mamlakat harbiy xizmatchilarining yo‘q qilinishi uchun. Ukraina va Rossiya harbiy salohiyatini baribir taqqoslab bo‘lmaydi, Kiyev rejimining mag‘lub bo‘lishi muqarrar, Ukrainaga yangi qurol-aslahalar yetkazib berilishi esa UQK safidagi qurbonlar sonini oshiradi.

Eski-tuski va “gladiatorlarni” utilizatsiya qilish

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning amerikalik hamkasbi Jozef Baydenga “buyurtmalari” ro‘yxatida – og‘ir zirhli texnika, uzoq masofaga uchuvchi artilleriya, S-300 turidagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, zarba beruvchi samolyotlar. Oq uy rosa harakat qilmoqda, ammo Amerika matbuoti Ukrainaga eski tank va BMTlarni razmiy tarzda jo‘natish UQK qudratini oshirmasligini adolatli qayd etishmoqda (boz ustiga dizel yoqilg‘isi Rossiya QKning Ukraina neftni qayta ishlash zavodlari va neft bazalariga berilgan raketa zarbalaridan keyin taqchil bo‘lmoqda).
Texnik jihatdan eskirgan qurollar Kiyev rejimi mavjudligini uzaytirishga imkon beradi, xolos. Ukrainaga zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berilishi va NATO “ko‘ngillarini” (mutaxassis instruktorlar) jo‘natish Rossiyaning yuqori aniqlikdagi zarbalari (ulardan himoyalanishni harbiy ittifoqning biror biri kafolat bermaydi) bilan xavfli. AQShning yevropalik ittifoqchilari, Vashington xohishiga xilof ravishda, Rossiya bilan proksi-urushda tavakkal qilishni istashmayapti.
Germaniya Ukrainaga 2650 ta “Matodor” reaktiv tankka qarshi granatomotlar yetkazib berdi va iyunga qadar (?! – A.X.) UQKga yana 2450 ta granatomot berishnip rejalashtirmoqda. Shu bilan birga Germaniya yuzlab eski “Marder” BMTlarni berishdan bosh tortmoqda, bugun ma’lum bo‘ldiki: Kiyevga va’da qilingan 2700 ta “Strela-2”dan faqat 500 tasi soz.
Britaniya Ukrainaga “halokatli” qurol-yarog‘ yetkazib berish niyati borligini aytdi, xolos. Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles “Starstreak”ning qo‘shimcha partiyasini va’da qildi. London go‘yo Odessaga “Harpoon” kemaga qarshi raketalar jo‘natmoqda, biroq kemalarsiz. Qayd etish joizki, qirg‘oqlarda “Harpoon”lar ko‘rinmaydi.
G‘arb yetkazib berishlarida ko‘chma tankka qarshi granatomot va cheklangan uzoqlikdagi zenit raketa majmualari ko‘proq bor. Mart oyida UQK 3800 ta "Djavelin", "Milan", "Konkurs", RPG "Enlav", "Panserfaust", "M-72", a hamda "Stinger", "Igla", 109 ta artelleriya uskunlarini oldi. Qayd etish joizki, bu ro‘yxatdan ko‘pini saqlash muddati yoki texnik qoloqligi sabab utilizatsiya qilish kerak.
Shu bilan birga mas’uliyatsiz amerikalik “hamkorlar” Rossiyaga Ukrainada faraziy kimyo qurolini qo‘llash uchun (ular Rossiya qo‘shinlarida yo‘q) qattiq choralar bilan tahdid qilmoqda. AQSh mudofaa vazirining yadroviy, kimyo va biologik himoya dasturlari bo‘yicha yordamchisi Debora Rozenblyum aprel boshida dediki: “Rossiya prezidenti Vladimir Putin kimyo, biologik yoki hatto yadro qurolini qo‘llashi mumkin”.
Iroq va Suriyada qo‘llanilgan “oq dubulg‘alar” ssenariylari bo‘yicha ig‘vo qilingan taqdirda butun G‘arb haqiqatdan jabr ko‘rishi mumkin – gipertovushli qasos.
Bu orada Rossiya qo‘shinlari UQK obyektlari va “hamkorlarning” qurolli yetkazib berishlarini birma-bir ishdan chiqarishmoqda. 24-fevraldan buyon maxsus harbiy operatsiya davomida yo‘q qilingan: Ukraina Qurolli kuchlarining 125 ta samolyot, 91 ta vertolot, 392 ta dron, 226 ta zenit raketa majmualari, 1936 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinalar, 211 ta zapl bilan otiladigan reaktiv tizim qurilmalari, 833 ta dala artilleriyasi va minomotlar hamda 1810 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi.
Ro‘yxat ochiqligicha qolmoqda, demilitarizatsiya va denatsifikatsiya operatsiyasi davom etmoqda – yuqori texnologik ustunlik bilan. Qo‘lida “drotiklar bo‘lgan” yangi “gladiatorlarni” safarbar qilish behuda va shafqatsizlik. Ukrainaning Yugoslaviyaning Srebrenitsa usulidagi sahna ko‘rinishlari oliy jazoga loyiq, ularning muddati yo‘q.
Vashington Ukraina inqirozidan o‘zining g‘arazli manfaatlari yo‘lida foydalanishni davom etmoqda – Rossiyani zaiflashtirish va umuman Yevropa raqobatini bartaraf etish uchun. Shunday bo‘lsada, dunyoning aksariyat mamlakatlari Kiyev rejimi va AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashmayapti. Amerikaning “Foreign Policy” nashri yozadiki: “Ko‘pchilik Afg‘onistondan Iroq va Liviyagacha harbiy aralashuvidan o‘zidan keyin o‘lim va vayronalarni qoldirgan AQShdan qattiq ranjigan... Afrikaning biror bir mamlakati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llamadi”.
O‘ylaymanki, Ukraina vaqt o‘tishi bilan normal dunyo hamjamiyatiga qaytadi, ustiga ustak Ukraina xalqi xavfsizligini faqat Rossiya kafolatlashga qodir.
Yangiliklar lentasi
0