Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh diplomati CNN boshlovchisining "shablonini yirtib tashladi" - video

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishChrezvichayniy i Polnomochniy Posol SShA v SSSR (1987–1991 gg.) Djek Metlok
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol SShA v SSSR (1987–1991 gg.) Djek Metlok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
AQShning Sovet Ittifoqidagi sobiq elchisi CNN boshlovchisining jangovar ritorikasini asosli ravishda to‘xtatib, Ukraina mojarosini faqat tinchlik yo‘li bilan hal qilish mumkinligini tushuntirdi.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Amerikalik faxriy diplomat Jek Metlok CNN telekanalida efirga chiqdi va boshlovchining "shablonlarini yirtib tashladi".
Dastlab Metlok uni "Rossiyadagi sobiq elchi" deb atagan boshlovchini tuzatishdan boshladi. Diplomat u AQShning SSSRdagi elchisi bo‘lganini va Ukraina ham ushbu davlatning bir qismi bo‘lganini ta’kidladi.
Undan so‘ng esa "Buchadagi mojarodan so‘ng Rossiya bian muzokalar olib borishning iloji yo‘q" deb ta’kidlagan boshlovchining "jangovar ruhi"ni ancha pasaytirib qo‘ydi.
Metlok: Menimcha, hozir asosiy maqsad Ukrainadagi mojaroga barham berish va bunga faqat diplomatiya orqali erishish mumkin.
Boshlovchi: Uzr, men sizni to‘xtatishim kerak. Diplomatiya haqida keyinroq gaplashamiz. Hozir biz Buchada ko‘rgan kadrlarimiz haqida gaplashaylik. Zelenskiy aytishiga ko‘ra, "Bucha voqealari ukrainlarga hayvonlardek munosabatda bo‘lishayotgani va ularga qarshi genotsid uyushtirilayotganidan darak beradi. Bundan so‘ng Rossiya bilan har qanday muzokaralar olib borish murakkab" dedi. Siz hatto ushbu so‘zlardan keyin ham mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkni deb hisoblaysizmi?
Metlok: Birinchidan, biz Buchada nima sodir bo‘lganini aniq bilmaymiz, ikkinchidan, voqealarga aynan Moskva aybdor ekanligiga dalil yo‘q.
Gap shundaki, Ukraina Rossiya bilan tinchlik shartnomasi imzolashi kerak. Rossiya esa Qrimni o‘zida saqlab qolishi kerak, chunki u yer aholisining aksariyati ruslar bo‘lib va u yerda Rossiyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan.
Chunki AQShga teng keladigan yadroviy kuchga ega bo‘lgan Rossiyadan "moxov davlat" yaratish, shubhasiz, siz va bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi.
Ushbu videoni CNN jonli efiridan "Rossiya" telekanalining Nyu Yorkdagi muxbiri Valentin Bogdanov yozib olgan va o‘zining telegram kanali orqali tarqatgan. Ajablanarlisi, CNN veb-saytida intervuning videosi paydo bo‘lmadi.
Yangiliklar lentasi
0