Xitoy Sharqida omikronning yangi varianti topildi

© pexels.com/Chokniti KhongchumLaboratornaya kolba
Laboratornaya kolba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
Xitoyning Szansu viloyatida omikronning yangi turi aniqlandi. Ayni damda uning xususiyatlarini o‘rganishmoqda.
TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Sharqiy Xitoyning Szansu provinsiyasida koronavirus omikron shtammining yangi varianti VA.1.1. topildi. Bu haqida Xitoyning "Xunsyu shibalo" nashriga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Kasalliklarni nazorat qilish markazining ta’kidlashicha, yangi shtamm ilk bor 28-mart kuni aniqlangan. Shundan so‘ng genomlar ketma-ketligi aniqlangan (sekvenirovanie). Ayni damda yangi subvariant haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun tahlillar va taqqoslashlar uchun vaqt kerak bo‘ladi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Omikron-shtamm ilk bor 2021-yilda Botsvana va Janubiy Afrikada topilgan edi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab deyarli 487 million kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, 6,1 milliondan ortiq kishi vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0