https://oz.sputniknews.uz/20220404/rossiya-buchadagi-vaziyatga-aloqadorlik-ayblovlarini-qatiyan-rad-etadi--peskov--23760583.html
Rossiya Buchadagi vaziyatga aloqadorlik ayblovlarini qat’iyan rad etadi – Peskov
Rossiya Buchadagi vaziyatga aloqadorlik ayblovlarini qat’iyan rad etadi – Peskov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
2022-04-04T15:27+0500
2022-04-04T15:27+0500
2022-04-04T15:27+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23684171_0:130:3181:1919_1920x0_80_0_0_97a86e27d669314e546c6f28459ca1c3.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Peskov Rossiya Buchadagi vaziyat eng yuqorida darajada muhokama qilinishi tarafdori ekanini ta’kidladi.Peskov Ukraina tomonidan tarqatilgan video materiallarga ishonmaslik zarurligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan.Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi ig‘vo deb atagan edi.Ta’kidlanishicha, bu punktning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidan bo‘lgan davrda hech bir mahalliy aholi biror bir zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan. Rossiya harbiylari bu shaharni 30-mart kuni tark etishgan – Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralaridan bir kun o‘tib.Qolaversa, 31-mart kuni Bucha shahri meri Anatoliy Fodoruk o‘zining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlagan. Qolaversa, ko‘chalarda qo‘llari bog‘liq aholi otib o‘ldirgani haqida hech nima demagan. Buchadagi “jinoyatlar guvohliklari” deb ataluvchi bu narsalar to‘rtinchi kunga kelib, shaharga UXX va Ukraina televideniyesi vakillari kelgan paytda paydo bo‘lgani ajablanarli emas.Qayd etilishicha, Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan bu odamlar tanalari kamida to‘rt kun o‘tib qotib qolmagan, murdaga xos dog‘larga ega emas, ular jarohatlaridagi qon ivib qolmagan.“Buning hammasi Buchadagi bu foto va video kadrlar Kiyev rejimining Mariupoldagi tug‘ruqxona hamda boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi G‘arb OAVlari uchun navbatdagi uyushtirgan sahnasi ekanini rad qilib bo‘lmas darajada isbotlaydi”, - deyilgandi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.Vazirlik shaharning janub tomonlari doimiy ravishda Ukraina tomonidan o‘qqa tutib kelinganini eslatgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23684171_225:0:2956:2048_1920x0_80_0_0_0e6fe08b290987f99aeae2d964fbf648.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bucha ukraina rossiya peskov
bucha ukraina rossiya peskov
Rossiya Buchadagi vaziyatga aloqadorlik ayblovlarini qat’iyan rad etadi – Peskov
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Buchada tinch aholi murdalari aks etgan materiallarni navbatdagi ig‘vo deb atagan edi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskov Rossiya Buchadagi vaziyat eng yuqorida darajada muhokama qilinishi tarafdori ekanini ta’kidladi.
“Biz bu mavzu eng yuqorida darajada muhokama qilishini kerak deb hisoblaymiz, shu bois bu mavzuni BMT Xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqish tashabbusini bildirdik. Bu tashabbus bloklanganini bilamiz”, - dedi Kreml vakili. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Peskov Ukraina tomonidan tarqatilgan video materiallarga ishonmaslik zarurligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi
ig‘vo deb atagan edi.Ta’kidlanishicha, bu punktning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidan bo‘lgan davrda hech bir mahalliy aholi biror bir zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan. Rossiya harbiylari bu shaharni 30-mart kuni tark etishgan – Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralaridan bir kun o‘tib.
Qolaversa, 31-mart kuni Bucha shahri meri Anatoliy Fodoruk o‘zining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlagan. Qolaversa, ko‘chalarda qo‘llari bog‘liq aholi otib o‘ldirgani haqida hech nima demagan. Buchadagi “jinoyatlar guvohliklari” deb ataluvchi bu narsalar to‘rtinchi kunga kelib, shaharga UXX va Ukraina televideniyesi vakillari kelgan paytda paydo bo‘lgani ajablanarli emas.
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan bu odamlar tanalari kamida to‘rt kun o‘tib qotib qolmagan, murdaga xos dog‘larga ega emas, ular jarohatlaridagi qon ivib qolmagan.
“Buning hammasi Buchadagi bu foto va video kadrlar Kiyev rejimining Mariupoldagi tug‘ruqxona hamda boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi G‘arb OAVlari uchun navbatdagi uyushtirgan sahnasi ekanini rad qilib bo‘lmas darajada isbotlaydi”, - deyilgandi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlik shaharning janub tomonlari doimiy ravishda Ukraina tomonidan o‘qqa tutib kelinganini eslatgan edi.