Rosatom O‘zbekistonda energetika sohasiga taalluqli bo‘lmagan loyihalarni taqdim etadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishForum-vistavka "Goszakaz - Za chestnie zakupki"
Forum-vistavka Goszakaz - Za chestnie zakupki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
Rosatom O‘zbekistonda tibbiy buyumar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini radiatsiya yordamida zararsizlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Bu yilgi "Innoprom" ko‘rgazmasida Rosatom energetika sohasiga taaluqli bo‘lmagan loyihalarni taqdim etadi. Bu haqida "Rusatom - Xalqaro tarmoq" korxonasi direktori Vadim Titov ma’lum qildi.
Titov aytishiga ko‘ra, Rosatom shamol elektr stansiyalarini ham ishlab chiqaradi, lekin bu yil asosiy e’tiborni energetikadan boshqa texnologiyalarga qaratadi.

Tibbiyot mahsulotlarini sterilizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun ko‘p funksiyali nurlanish markazlari loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz, - dedi Titov.

Ana shunday loyihalardan biri O‘zbekistonda allaqachon ishga tushgan. Bu texnologiyalar hamkorlarimizga tibbiyotda ham, qishloq xo‘jaligida ham o‘z imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga yordam bermoqda.Bu kelajakning xavfsiz texnologiyasidir.
Undan tashqari uglerod tolasi, suvni tozalashni, shahar infratuzilmasi raqamlashtirish sohalarida ham takliflarimiz bor. Rosatomning butun dunyo bo‘ylab mintaqaviy markazlarini boshqarishga oid loyihalar ham bor.
O‘z nutqida Vadim Titov Rossiya va O‘zbekistonning atom energetikasi sohasida uzoq yillik hamkorlik tajribasiga ega ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu hamkorlik 1952-yilda Uchquduq uran oraliq koni ochilishi bilan birga boshlangan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy-tadqiqot reaktori qurilgan va u shu kunga qadar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ilmiy reaktor Rossiyadan olib kelinayotgan yoqilg‘ida ishlaydi.
Undan tashqari O‘zbekiston va Rossiya 2017-yilda atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolagan, 2018-yilda esa atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ma’lumot uchun, "Rusatom - Xalqaro tarmoq" - bu Rosatomning xalqaro mintaqaviy tarmog‘ini rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan xususiy muassasadir.
Kompaniyaning asosiy vazifalari Davlat korporatsiyasi bo‘linmalarining tashqi bozorlarda faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, biznesning yangi imkoniyatlarini izlash, Rossiya yadro sanoati korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini jahon bozorida ilgari surish.
Eslatib o‘tamiz, 25-27 aprel kunlari Toshkentda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilinayotgan "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan "Innoprom" ko‘rgazmasiga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan va O‘zbekistonning 14 ta hududi va 1000 dan ortiq korxonalari ishtirok etgan edi. Rossiya tomonidan esa 13 ta hududdan 300 ta kompaniya tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0