https://oz.sputniknews.uz/20220404/qozogiston-galla-va-un-eksportini-cheklashni-rejalashtirmoqda--23764995.html
Qozog‘iston g‘alla va un eksportini cheklashni rejalashtirmoqda
Qozog‘iston g‘alla va un eksportini cheklashni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev ma’lum qildi.
2022-04-04T17:59+0500
2022-04-04T17:59+0500
2022-04-04T17:59+0500
dunyoda
qozog‘iston
bug‘doy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23764507_0:176:3017:1873_1920x0_80_0_0_b550f628ff1e7ca79d8b941328090973.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.Karashukeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq.“Rossiya bug‘doy va don eksportini vaqtinchalik taqiqladi, vaziyatni bilamiz, nazoratda ushlab turibmiz. Ayni paytda bizning don balansimiz ijobiy va shunday bo‘lib qoladi. Ichki bozor uchun bizda iste’mol uchun yetarli, eksportga ham qoladi. Eksportchilar g‘allani ichki bozorga sotmoqchi emas, ular narx oshishini kutishmoqda, - deya tushuntirdi qozog‘istonlik vazir.Shu bilan birga Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri cheklovlar qachondan kiritilishini ochiqlamadi.Avvalroq O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23764507_143:0:2874:2048_1920x0_80_0_0_a7ac475033a9ebadb2202be54fc8235a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston un don bug‘doy cheklov
qozog‘iston un don bug‘doy cheklov
Qozog‘iston g‘alla va un eksportini cheklashni rejalashtirmoqda
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri mamlakat don va un eksportini cheklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Hozirda bug‘doy va un eksportiga cheklov kiritish masalasi ishlab chiqilmoqda”, - dedi u.
Karashukeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu chora "mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tegirmonchilarga bug‘doy sotishni xohlamayotgani" bilan bog‘liq.
“Rossiya bug‘doy va don eksportini vaqtinchalik
taqiqladi, vaziyatni bilamiz, nazoratda ushlab turibmiz. Ayni paytda bizning don balansimiz ijobiy va shunday bo‘lib qoladi. Ichki bozor uchun bizda iste’mol uchun yetarli, eksportga ham qoladi. Eksportchilar g‘allani ichki bozorga sotmoqchi emas, ular narx oshishini kutishmoqda, - deya tushuntirdi qozog‘istonlik vazir.
Shu bilan birga Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri cheklovlar qachondan kiritilishini ochiqlamadi.
Avvalroq O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirayotgani
xabar qilingan edi.