O‘zbekiston shifokorlari Rossiya robotlari yordamida tajriba orttiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeronika Nikishina
Veronika Nikishina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekistonning 11 ta tibbiyot muassasasiga robot-simulyatorlar yetkaziib beradi.
TOShKENT, 4 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot muassasalari uchun robot-simulyatorlar yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar imzoladi. Bu haqda "Innoprom" ko‘rgazmasiga tayyorgarlik doirasida bo‘lib o‘tayotgan onlayn sessiyada Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina ma’lum qildi.
"Yaqinda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida respublikaning 11 ta tibbiyot muassasasi uchun robot-simulyatorlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Robotlar to‘liq Rossiyada ishlab chiqariladi, tibbiyot xodimlari ular bo‘yicha o‘qitilishi mumkin. Ular xulq-atvor jarayonlarini simulyatsiya qiladi. Shuningdek robotlar yordamida operatsiyalarni bajarishni ham o‘rganish mumkin", - dedi Nikishina.
Esport markazi rahbari aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston bilan Rossiyaning 78ta subyekti savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi. Rossining yuqori texnologiyali kompaniyalari bunday hamkorlikdan ayniqsa manfaatdor.
Onlayn sessiya Innoprom-onlayn platformasida Rossiya sanoat va savdo vaziri Aleksey Gruzdev hamda O‘zbekiston sarmoya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev ishtirokida o‘tkazilmoqda. Sessiya 25-27 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Innoprom ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan.
Yangiliklar lentasi
0