IIV “E-patrul” tizimini joriy etadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDPS na postu
DPS na postu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibidan voz kechish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich "E-patrul" tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Bu IIV ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan yangi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshiriladi. Patrul-post xizmati xodimlari faoliyatini “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirishadi.
Quyidagilar huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan fuqarolar va boshqa shubhali shaxslarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlanadi:
"E-patrul" tizimidan foydalanish tartibi;
Patrul-post xizmati xodimlari harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi;
Bodikameralar orqali qayd etilgan ma’lumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi;
"E-patrul" tizimidan foydalanishda xodimning majburiyatlari.
Hujjat qabul qilingandan so‘ng IIV uch oy muddatda planshet orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilishda foydalaniladigan "E-patrul" dasturiy kompleksining texnik topshirig‘i, dasturiy ta’minoti va mobil ilovasini ishlab chiqishi kerak.
“E-patrul” tizimi faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0