Bu yilgi "Innoprom" dasturidan nimalar o‘rin olgan

Innoprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
"Biz faqat sotish uchun kelmaymiz, biz birga ishlashni xohlaymiz", - dedi bugun bo‘lib o‘tayotgan onlayn-sessiya davomida Anton Atrashkin.
TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Aprel oyi oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan "Innoprom" ko‘rgazmasi dasturidan qanday tadbirlar o‘rin olgani haqida bugun Rossiya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan onlayn-sessiyada ma’lum bo‘ldi.
"Innoprom" ko‘rgazmasi dasturiy direktori Anton Atrashkin aytishiga ko‘ra, bu yil ko‘rgazma darajasini yanada yuqoriga ko‘tarish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma milliy sektorlarga bo‘lingan bo‘ladi va bu yil unda nafaqat YeOII davlatlari, balkim Yevropa davlatlari ham ishtirok etadi.
Ko‘rgazmaning asosiy mavzulari bu - mashinasozlik va raqamlashtirish sohalariga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shuningdek, yana bir yangi yo‘nalish bu - qulay shahar muhiti yaratish bo‘ladi. Rossiyadan ushbu sohada hamkorlik aloqalari o‘rnatish uchun qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin boshchiligidagi delegatsiya keladi.
"Biz faqat sotish uchun kelmaymiz, biz birga ishlashni xohlaymiz. Kelajakda qo‘shma loyihalarda birga ishlash uchun yosh avlodni hozirdan tayyorlash kerak", - dedi bugun bo‘lib o‘tayotgan onlayn-sessiya davomida Anton Atrashkin.
Ushbu maqsadda, ko‘rgazmanng uchinchi kunida o‘zbekistonlik talabalar oldida Rossiya sanoat korxonalari rahbarlari nutq so‘zlaydi.
"Katta biznes rahbarlari nafaqat o‘zlarining kitoblardan olgan bilimlarini, balkim zamonaviy korxona qanday ishlashi haqida o‘z tajribalari orqali orttirgan bilimlari bilan baham ko‘rishadi", - dedi Atrashkin.
Eslatib o‘tamiz, 25-27 aprel kunlari Toshkentda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilinayotgan "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ko‘rgazma tafsilotlari bugun bo‘lib o‘tayotgan onlayn sessiya davomida Rossiya sanoat vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev O‘zbekiston Investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayevlar ishtirok etmoqda.
O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan "Innoprom" ko‘rgazmasiga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan va O‘zbekistonning 14 ta hududi va 1000 dan ortiq korxonalari ishtirok etgan edi. Rossiya tomonidan esa 13 ta hududdan 300 ta kompaniya tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0