Madaniyat

"Boysun bahori" festivali 7-8 may kunlari oʻtkaziladi

© Goskomiteta po razvitiyu turizma / Festival "Boysun baxori" — "Baysunskaya vesna" proydet v Surxandarinskoy oblasti 13-14 maya
Festival Boysun baxori — Baysunskaya vesna proydet v Surxandarinskoy oblasti 13-14 maya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Festivalda mahalliy va xorijiy davlatlarning folklor-etnografik jamoalar ham oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy- qoʻshiqlar bilan ishtirok etadi.
TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. “Boysun bahori” ochiq folklor festivali 7-8 may kunlari togʻli Boysun tumanidagi soʻlim Padang qishlogʻida boʻlib oʻtadi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarofon, uloq-koʻpkari, varrak uchirish, arqon tortish, chillak va boshqa xalq oʻyinlariga ham keng oʻrin ajratilgan. Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi oʻtov-uy oʻrnatgan jamoalar, sport va xalq oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlanadi.
Festivalda Oʻzbekistondan 200 dan ortiq folklor jamoa vakillari ishtiroki etishi kutilmoqda. Shuningdek xorijiy davlatlarning folklor-etnografik jamoalar ham oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy- qoʻshiqlar bilan ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun, Boysun hududida saqlanib qolgan milliy folklor namunalari – YUNESKOning “Insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu festival Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, Madaniyat vazirligi va yana bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0