Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
Fatvo hay’ati 2022-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
© Foto: fatvo.uz2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori
Unga ko‘ra, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi. 34 million so‘m va undan ortiq ega bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, zakot niyatida beradi.
Fitr sadaqasi miqdori esa quyidagicha:
bug‘doydan 2 kg — 10 000 (o‘n ming) so‘m;
arpadan 4 kg — 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) so‘m;
xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori — bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida hisoblanadi. Bugungi kunda bu o‘rtacha 25 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
Yangiliklar lentasi
0