https://oz.sputniknews.uz/20220403/toliblar-butun-afgoniston-hududi-boylab-koknori-etishtirishni-taqiqlashdi-23741004.html
Toliblar butun Afg‘oniston hududi bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqlashdi
Toliblar butun Afg‘oniston hududi bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati butun mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqladi.
2022-04-03T15:30+0500
2022-04-03T15:30+0500
2022-04-03T15:30+0500
dunyoda
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23740810_0:0:3023:1700_1920x0_80_0_0_590f7047dd4f860f552d36aa2a2b054f.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati butun mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda toliblar rasmiy vakili Bilol Karimiy ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.“Tolibon”* oliy yetakchisining bu buyrug‘iga amal qilmaganlarni shariat qonun-qoidalariga ko‘ra jazolashadi, aniqlangan hosil zudlik bilan nest-nobud qilinadi.Bundan tashqari, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dori vositalari va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tashish, sotish, eksport va import qilish ham taqiqlangan.Avvalroq muvaffaq hukumatning sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdul Bari Umar Afg‘onistonda har kuni aholining o‘n foizi giyohvand moddalarini iste’mol qilishini ma’lum qilgan edi.BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan ko‘knor (opium)ning 85 foizi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2020-yilda ko‘knor yetishtirishga mo‘ljallangan yerlar maydoni 2019-yilga qaraganda 37 foizga ko‘paygan.2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qo‘yganlarga soni 2,4 million kishi atrofida bo‘lgan.Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23740810_292:0:3023:2048_1920x0_80_0_0_038f9f3c5eb353b230b61683101a2501.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tolibon afg‘oniston ko‘knori giyohvand moddalari narkotik
tolibon afg‘oniston ko‘knori giyohvand moddalari narkotik
Toliblar butun Afg‘oniston hududi bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqlashdi
Bu buyruqqa amal qilmaganlar shariat qonun-qoidalariga ko‘ra jazolanishadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati butun mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda toliblar rasmiy vakili Bilol Karimiy ma’lum qildi,
deb yozadi RIA Novosti.
“Barcha afg‘onlarga endi mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirish qat’iyan taqiqlanganini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
“Tolibon”* oliy yetakchisining bu buyrug‘iga amal qilmaganlarni shariat qonun-qoidalariga ko‘ra jazolashadi, aniqlangan hosil zudlik bilan nest-nobud qilinadi.
Bundan tashqari, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dori vositalari va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tashish, sotish, eksport va import qilish ham taqiqlangan.
Avvalroq muvaffaq hukumatning sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdul Bari Umar Afg‘onistonda har kuni aholining o‘n foizi giyohvand moddalarini iste’mol qilishini
ma’lum qilgan edi.BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan ko‘knor (opium)ning 85 foizi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2020-yilda ko‘knor yetishtirishga mo‘ljallangan yerlar maydoni 2019-yilga qaraganda 37 foizga ko‘paygan.
2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qo‘yganlarga soni 2,4 million kishi atrofida bo‘lgan.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
ma’lum bo‘ldi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.