Samarqandda yangi universitet ochildi

© Unsplash / Changbok KoPustaya auditoriya
Pustaya auditoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Prezidentning 2022-yil 31-yildagi 187s-sonli qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
Qaror bilan tasdiqlangan Universitet Boshqaruv kengashi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun ta’lim davomiyligi muddatlarini belgilaydi.
Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritadi.
Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash uchun Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi.
Universitetga sohada 5-yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda, to‘lov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalari Universitetda o‘qishini davom ettiradi va bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.
Universitetga talabalarni qabul qilish parametrlari har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida aniqlanadi.
Universitet Samarqand veterinariya meditsinasi institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0