https://oz.sputniknews.uz/20220403/qozogistondan-100-ming-tonna-bugdoy-import-qilinadi-23738898.html
Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy import qilinadi
Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy import qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirmoqda. 03.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-03T12:58+0500
2022-04-03T12:58+0500
2022-04-03T12:58+0500
iqtisod
bug‘doy
import
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22648065_0:165:3054:1883_1920x0_80_0_0_ce2d947742c286cb224deb2f10171500.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un xarid qiladi. Bu Hukumatning 31-martdagi "Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.Bu bilan dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsad qilingan."O‘zdavzaxira" Qozog‘istonning "Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya" milliy kompaniyasi va bug‘doyni eksport qiluvchi boshqa korxonalaridan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyni (bir qismi un) yetkazib berish bo‘yicha import shartnoma imzolaydi.Import qilingan bug‘doy (un) birja savdolari orqali sotiladi.Yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdori barcha turdagi bug‘doy importorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytiriladi.Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yana 500 ming tonna bug‘doyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritadi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22648065_163:0:2892:2047_1920x0_80_0_0_3258d19bea9e43d88b2ea45962e40ce1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, bug‘doy, import, qozog‘iston
iqtisod, bug‘doy, import, qozog‘iston
Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy import qilinadi
O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un xarid qiladi. Bu Hukumatning 31-martdagi "Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida
ko‘zda tutilgan. Bu bilan dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsad qilingan.
“2022 yil aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha taklifga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.
"O‘zdavzaxira" Qozog‘istonning "Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya" milliy kompaniyasi va bug‘doyni eksport qiluvchi boshqa korxonalaridan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyni (bir qismi un) yetkazib berish bo‘yicha import shartnoma imzolaydi.
Import qilingan bug‘doy (un) birja savdolari orqali sotiladi.
Yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdori barcha turdagi bug‘doy importorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yana 500 ming tonna bug‘doyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritadi.