Qozog‘istonda prezidentga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti ushlandi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
Hibsga olingan xorijiy razvedka agenti Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqot ham olib borgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Qozog‘iston maxsus xizmat xodimlari mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agentini qo‘lga olishdi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2022 yil 25-mart kuni Nur-Sulton shahrida MXQ kontrrazvedkasi tomonidan Qozog‘iston prezidenti va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd qilishni rejalashtirgan Qozog‘iston fuqarosi — "A" xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, u bir vaqtning o‘zida maxsus xizmat va huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga nisbatan terrorchilik aktini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, hibsga olingan xorijiy razvedka agenti Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqot ishlarini olib borgan. Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatda rusofob qarashlarni shakllantirishga qaratilgan postlarni chop etgan.
Tintuv paytida undan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i, giyohvand moddasi va katta miqdordagi pul musodara qilingan.
Dastlabki tergovda qozog‘istonlik bu xatti-harakatlarni chet el davlatining ko‘rsatmasi va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirganini tan olgan.
Hozir Qozog‘iston JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0